ISMOILOV SODIQJON



ISMOILOV SODIQJON 1942.29.4, Qo’rg’ontepa tumani) — O’zbekiston Respublikasi xalq o’qituvchisi (1999). Andijon pedagogika institutining fizika fakultetini tugatgan (1964). 1964-67 yillarda Qo’rg’ontepa tumanidagi 15-maktabda, 1967 yildan 3-maktabda fizika o’qituvchisi. Ismoilov fizika fanidan laboratoriya mashg’ulotlari o’tkazish uchun to’la shart-sharoit yarata olgan. 7-sinf laboratoriya mashg’ulotlari uchun o’quvchilar kuchi bilan eng oddiy asboblar yasashga erishgan.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz