Ismoilov Abduqodir




Abduqodir naychi Ismoilov (1888, Qoʻqon — 1951.22.2, Toshkent) — sozanda. Oʻzbekiston xalq artisti (1941). 13 yoshidan otasi Ismoil Naychidan Tana-vor, Yovvoyi Chorgoh, Dugoh, Suvora, Sar-bozcha, Mirzadavlat, Ajam yoʻllarini oʻrgangan. "Sayyor truppa"da Ahmadjon Qoʻshnay, Yusuf Qiziq, Muhiddin Qoriyoqubov, Tamaraxonim, Us t a Olim kabi san’atkorlar safida boʻlgan. 1926-yilda tashkil etilgan "Etnografik truppa" safida boʻlib, ansamblning 1927-yilgi Rossiya va Kavkaz gastrollarida qatnashgan. 1928-yilda Samarqand musiqa va xoreografiya ilmiy tadqiqot institutida, keyin Oʻzbek musiqa teatrida (1929-35) ishlagan. 1935-yildagi Xalqaro raqs festivalida (London) qatnashgan va oltin me-dalga sa-zovor boʻlgan. Oʻzbek adabiyoti va san’ati dekadasi (1937-yil)da va 1930-yildagi teatr Olimpiadasida ishtirok et-gan. Xalq kuylari va mumtoz oʻzbek cholgʻu kuylarini fonografga yozdirgan. S. Kalonov, A. Qodirov, D. Soatqulov kabi yetuk naychilarga ustozlik qilgan.

Manbalar





uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz