Ismoil Yusupovich Ibodov




Ismoil Yusupovich Ibodov (1927.25.10 - Andijon - 1998.1.5) - xirurg, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1980), tibbiyot fanlari doktori (1969), professor (1971). Toshkent tibbiyot akademiyasi (1953). Andijon viloyat kasalxonasi xirurgiya boʻlimida ordinator (1953— 58), Anjidon tibbiyot instituti umumiy xirurgiya kafedrasi assistenta, dotsenti, kafedra mudiri va professor (1958— 96). Ilmiy ishlari, asosan, meʼda-ichak, jigar va buyrak kasalliklarining kelib chiqish sabablari, ularning oldini olish va davolash masalalariga bagʻishlangan. Bolalarda siydik toshini olish operatsiyasida qovuqni yuqoridan kesib, bir qatorli chok solish usulini amalda joriy etgan.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz