Ismoil Toʻlak
Ismoil Toʻlak (1947-yil, Andijon) — filologiya fanlari doktori, shoir, adabiyotshunos olim sifatida hozirgi oʻzbek adabiyoti rivojiga yoʻlida munosib hissasini qoʻshgan filolog olim.
Tarajimai hol
Ismoil Toʻlak 1947-yilda Andijon viloyatining Xonabek qishlogʻida tavallud topgan. Oʻrta taʼlimni Boʻtaqora qishlogʻidagi maktab-internatida olgan. Maktabni muvofaqqiyatli tamomlab, Andijon Davlat pedagogika institutida tahsil olgan.
1971-1995 yillarda oʻzi tahsil olgan oliy oʻquv yurtida hamda Andijon Davlat Tillar institutida dars bergan hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qoshidagi Davlat test markazida mas’ul vazifada faoliyat yuritgan.
I.Toʻlak mumtoz adabiyot yoʻnalishida ham tarixiy siymolarini gavdalantirdi. Uning „Sogʻinch“ turkumi Bobur shaxsini, uning milliy tariximiz va madaniyatimizdagi oʻrnini xolis idroklash maqsad qilingan. Sarlavha ostida „Bobir ruhiyatiga ayrim chizgilar“ deya qayd etilgani, turkumdagi sheʼrlarning Bobur tilidan („ijroviy lirika“) ekanligi shu maqsad bilan izohlanadi.
Ismoil Toʻlakdan yaxshi nom, yaxshi shogirdlar va ma'naviy va ma'rifiy ilmiy nashrlar, risolalar qoldi. Ismoil Toʻlak 2003-yilda ogʻir xastalikdan soʻng 56 yoshida vafot etdi.
Ilmiy unvoni
Ismoil Toʻlak nafaqat shoir balki adabiyotshunos olim hamdir. Ilmiy faoliyatida u koʻplab izlanishlar olib borib, 1981-yilda nomzodlik dessertatsiyasi, 1994-yili esa „Hozirgi oʻzbek lirikasida davr va lirik qahramon talqini“ mavzuida doktorlik dissertatsiyasini yoqlab, filologiya fanlari doktori degan ilmiy darajaga ega boʻlgan.
Ijodi
Mazkur toʻplamlar bir-birining davomi boʻlib, shoir aytmoqchi fikrlarni toʻldirib, boyitib keladi. Ularda shoir inson qalbi goʻzalliklari-yu, fojialarigacha chizishga intiladi. U chizgan ruhiyat manzaralarida inson maʼnaviyatidagi iymon, diyonat, burch, eʼtiqod masalalari yaqqol koʻzga tashlanadi.
Risolalari
U bundan tashqari:
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org