Ismoil ibn Muso Menk




Ismoil ibn Muso Menk ( arabcha: إسماعيل بن موسى منك) (1975-yil 27-iyunda tug'ilgan) - Zimbabvelik islom olimi boʻlib, u Mufti Menk nomi bilan tanilgan. U Zimbabve musulmon jamoasining bosh muftiysi va Zimbabve Islom ulamolari kengashining fatvo boʻlimi boshligʻi.

Mufti Menk 2013, 2014 va 2017-yillarda Iordaniyadagi Qirollik Aal al-Bayt islomiy gʻoya instituti tomonidan dunyodagi eng nufuzli 500 musulmon roʻyxatiga kiritilgan.

Yoshligi



Menk 1975-yil 27-iyun kuni Xarare shahrida, kelib chiqishi asl yamanlik boʻlgan hindistonlik muhojir oilada tugʻilgan va u yerda otasi Mavlono Muso bilan Qurʼon yod olgan va arab tilini oʻrgangan. U Sent-Jon kollejiga (Hararedagi) katta bosich maktabiga bordi. Keyin esa Hindistonning Gujarat shahrida joylashgan Kantariya Darul Ulumda diniy ta'lim va muftiylik kursini tamomladi. Menk turli manbalar tomonidan Deobandi hamda salafiy ekanligi aniqlangan, ammo u ikkala harakatda ham ishtirok etganini ochiq tan olmagan.

Faoliyatidagi ishlari



2018-yilda u “ Motivatsion lahzalar ” nomli oʻzining iqtiboslar toʻplamini kitob sifatida nashr etdi va 2019-yilda “ Motivatsion lahzalar 2 ” nomli ikkinchi nashrini chop etdi.

Mukofot va e'tiroflar




Yana qarang




Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz