Ismoil Berdiyev




Ismoil Aliyevich Berdiyev (qorachoy-bolqorcha: Бердилени Алиини джашы Исмаил-хаджи) — muftiy, Qorachay-Cherkes respublikasi musulmonlari diniy boshqarmasi raisi, Shimoliy Kavkaz musulmonlarini muvofiqlashtirish markazi raisi, Rossiya prezidenti huzuridagi diniy birlashmalar bilan hamkorlik kengashi aʼzosi.

Tarjimai holi



Millati — qorachoy. 1954-yil 27-fevralda Qozogʻiston SSR Sayram tumanidagi Beliye Vodi qishlogʻida tugʻilgan, 1943-yilda ota-onasi boshqa qorachaylar kabi surgun qilingan. 1957-yildaoilasi bilan vataniga qaytgan va bu yerda oʻrta maktabni tamomlagan. Buxorodagi Miri Arab madrasasini va Toshkentdagi Islom institutini tugatgan. Qohiradagi (Misr) Al-Azhar universitetida tahsil olgan.

1989-yilda Stavropol oʻlkasi musulmonlari qoziyatining raisi etib saylangan. 1991-yildan Qorachay-Cherkes Respublikasi va Stavropol o'lkasi musulmonlari diniy boshqarmasi raisi. 2010-yildan Qorachay-Cherkes respublikasi musulmonlari diniy boshqarmasi raisi (Stavropol oʻlkasi musulmonlari diniy boshqarmasi tuziladi).

2003-yilda Shimoliy Kavkaz musulmonlarini muvofiqlashtirish markazining Moskvada boʻlib oʻtgan yigʻilishida yangi raisi etib saylanadi.

2004-yildan beri Rossiya Federatsiyasi Prezidenti huzuridagi Diniy birlashmalar bilan hamkorlik boʻyicha kengash aʼzosi.

2016-yil avgust oyida „barcha ayollarni sunnat qilish“ tarafdori boʻlgan va ushbu soʻzlari Internetda koʻpchilikning gʻazabiga sabab boʻlgan. Garchi koʻpchilik buni jiddiy qabul qilgan boʻlsada, u hazil qilganini bildirgan. 2016-yil oxirida anti-mukofot bilan taqdirlanib, „Yil seksisti“ deb topilgan.

Oilasi




Uylangan, ikki qizning otasi.

Mukofotlari



Shon-sharaf ordeni (2016-yil 15-fevral) — maʼnaviy va madaniy aloqalarni rivojlantirishga qoʻshgan katta hissasi, faol maʼrifiy faoliyati uchun;

Doʻstlik ordeni (2004-yil 11-avgust) — maʼnaviy madaniyatni rivojlantirish va xalqlar oʻrtasidagi doʻstlikni mustahkamlashdagi xizmatlari uchun;
Rossiya Federatsiyasi Prezidentining minnatdorchiligi (2009yil 22-iyun) — xalqlar oʻrtasidagi doʻstlik va hamkorlikni mustahkamlashga qoʻshgan ulkan hissasi uchun;

„Doʻstlik“ ordeni (Ozarbayjon, 2019-yil 28-fevral) — Ozarbayjon va Rossiya xalqlari oʻrtasidagi doʻstlik aloqalarini mustahkamlash sohasidagi koʻp yillik samarali faoliyati uchun;

Axmat Qodirov ordeni (Checheniston, 2008-yil 8-yanvar ) — Shimoliy Kavkazda davlatchilikni rivojlantirish, tinchlik, xalqlar va konfessiyalar oʻrtasidagi doʻstlik va hamkorlikni mustahkamlash, xalqlarning maʼnaviy-axloqiy tiklanishiga hissa qoʻshadigan faoliyati uchun;

Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz