Ismatilla Ergashev




Ismatilla Raimovich Ergashev  — Oʻzbekiston tashqi ishlar vazirining oʻrinbosari.

Biografiya



1960-yil 24-sentabrda Toshkent shahrida tugʻilgan.

1982-yilda Toshkent universitetini „Sharqshunos-filolog, dari va ingliz tillari oʻqituvchisi“ mutaxassisligi boʻyicha tamomlagan.
Favqulodda va Muxtor elchi diplomatik martabasiga ega.

Fors, ingliz va turk tillarini biladi.

1982-1984 — Afgʻonistonda harbiy xizmat.

1984-1992 — harbiy bilim yurtida chet tili oʻqituvchisi.

1992-1994 — Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Shartnoma-huquq boshqarmasi 2-kotibi.

1994-1994 — Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Osiyo va Afrika boʻlimi boshligʻi oʻrinbosari — sektor mudiri.

1994-1996 — Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Davlat protokoli boshqarmasi boshligʻi1996-1999 — Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari.

1999-2003 — Oʻzbekiston Respublikasining Xitoy, Moʻgʻuliston va KXDRdagi dagi favqulodda va muxtor elchisi.

2003-2004 — Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari, Oʻzbekiston Respublikasi prezidentining Afgʻoniston boʻyicha Maxsus vakili.

2004-2012 — Oʻzbekiston Respublikasining Ozarbayjondagi favqulodda va muxtor elchisi.

2012-2017 — Xalqaro kurash assotsiatsiyasi prezidentining maslahatchisi.

2017-yil 24-maydan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Afgʻoniston boʻyicha maxsus vakili.

Oilali, besh nafar farzandi bor.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz