Ismael Blanco
Ismael Blanco (talaffuzi: Ismoil Blanko; 1983-yil 19-yanvarda tugʻilgan) — argentinalik professional futbolchi, Argentinaning „Ciudad de Bolívar“ klubida hujumchi sifatida oʻynaydi.
Klublardagi faoliyati
Argentina
Blanco faoliyatini 2002-yilda Colón bilan boshlagan. 2004-yilda tizzasidan jiddiy jarohat oldi. Asosiy jamoadagi oʻrnini yoʻqotib, reabilitatsiyadan soʻng 2005-yil yanvar oyida Paragvayning „Libertad“ klubiga ijaraga berildi va 2005-yilgi Libertadores kubogida ishtirok etish imkoniyatiga ega boʻldi. Jamoasining 1-guruhdagi muvaffaqiyatsiz harakatlari davomida ikki marta gol urdi.
AEK Athens
Blanco Colónda uzoq qolmadi. 2007-yil 10-avgustda Blanco ijara asosida AEK Athensga qoʻshildi. 2007-yil 20-sentyabrda „Red Bull Salzburg“ga qarshi UEFA kubogi oʻyinida ilk bor maydonga tushdi. Keyin „Atromitos“ga qarshi Gretsiya Superligasida debyut qildi va oʻyinda dubl qayd etdi, AEK Athens 2:0 hisobida gʻalaba qozondi. Yevrokuboklardagi birinchi golini 2007-yil 13-fevralda „Getafe“ga qarshi oʻyinning 94-daqiqasida kiritdi, oʻyin 1-1 hisobida yakunlandi. Blanco 2007—2008-yilgi Gretsiya Superligasida 28 oʻyinda 19 ta gol urib, eng yaxshi toʻpurar boʻldi (oltita pley-off oʻyinida yana bir bor gol urdi).
San Luis
2011-yil 18-avgustda Blanco Meksikaning San Luis klubi bilan shartnoma imzoladi. Meksika ligasida 15 oʻyinda maydonga tushib, ikkita gol urishga muvaffaq boʻldi.
1860 Munich
Blanco 2012-yilda TSV 1860 Munich bilan shartnoma imzoladi. 2.Bundesligada 13 ta oʻyinda raqib darvozasini ishgʻol qila olmadi, shu tariqa klubning umidlarini puchga chiqardi.
Janubiy Amerikaga qaytish
2013-yil fevral oyida Blanco oʻz vatani Argentinaga qaytib, Club Atlético Lanúsga qoʻshildi. 16-iyun kuni Blanco ikki marta „River Plate“ darvozasini ishgʻol qildi, natijada 5:1 hisobida gʻalaba qozonishdi. 2013-yilgi Torneo finalida 16 oʻyinda 5 ta gol urdi va Lanus uchinchi oʻrinni egalladi.
2014-yil 17-avgustda Blanco Guayaquil shahrida joylashgan Ekvador sport klubi Barcelona SC bilan ikki yillik shartnoma imzoladi. Transferning umumiy summasi 2,9 mln yevroga baholangam.
2016-yil 22-avgustda yana Colónga qoʻshildi. 2017-yil 11-avgustda „Atlético Tucumán“ga oʻtdi.
Egaleo
2020-yil yanvar oyida Gretsiyaning Egaleo klubiga qoʻshildi. Blanco avvalroq Argentina ikkinchi divizionida „Atletiko Mitre“ klubida oʻynagan va oʻtgan mavsumda 11 oʻyinda 3 ta gol urgan. Argentina klubi bilan shartnomasini uzaytirmadi va 37 yoshida Gretsiyaga qaytishga qaror qildi.
Shaxsiy hayoti
Blanco asli misrlik. Sebastián Blanconing eng katta akasi.
Faoliyati statistikasi
Yutuqlari
Olimpo
Individual
Manbalar
uz.wikipedia.org