Islomxoʻja (film)
Islomxoʻja — oʻzbek badiiy dramasi. Film Xorazm bosh vaziri Islomxoʻja hayoti va faoliyatini yoritish maqsadida suratga olingan. Rejissori va senariy muallifi Jahongir Ahmedov Oʻzbekino agentligi Moskva bilan birinchi qoʻshma
Filmning bosh rollarida Ulugʻbek Qodirov, Alisher Uzoqov, Asal Shodiyeva, Matyoqub Matchonov, Husan Jumayev, Arslonov Hoshim va Azamat Ahrorov suratga tushishgan.
Syujet
Xorazm bosh vaziri Islomxoʻja hayoti va faoliyati haqida hikoya qiluvchi filmda uning sirli oʻlimi tafsilotlarini oʻrganishga kirishgan tadqiqotchi-tarixchi, mavjud hujjatlar asosida haqiqiy aybdorlarni ochishga harakat qiladi.
Yaratilish
2017-yil sentabr oyida Toshkent shahrida „Islomxoʻja“ filmi ustida ish boshlanishidan avval „Islomxoʻja“ mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya boʻlib oʻtdi. „Filmlardagi hayot va badiiy tana“ mavzusidagi oʻzbek filmida gʻoyaviy talqin va senariy muhokama qilindi
Filmni suratga olish „Ezgu Film“ kinokompaniyasiga yuklangan. Filmda oʻzbek va rossiyalik mashhur aktyorlar suratga tushgan.
„Ezgu film“ kino saytida oʻsha davr muhiti qayta tiklandi. Rossiyadan kelgan ijodiy guruh bilan hamkorlikda 5 gektar maydonda shahar va jang maydoni manzaralari barpo etildi. 3500 kvadrat metr maydonni egallagan 5,5 metr balandlikdagi Xorazmshohning ikki qavatli saroyida 1500 ishchi mehnat qildi.
Rollarda
Ijodiy jamoa
„Islomxoʻja“ filmi musiqasi Doniyor Aʼzamov tomonidan yozilgan. Ovoz muhandisi Anvar Fayzullaev. Ovoz dizayni Donyor Agzamov. CineLab Dolby Digital 5.1 tovozlarni qayta ishlagan.
Mukofotlar va nominatsiyalar
Manbalar
uz.wikipedia.org