Islomov Ikrom Islomovich




Ikrom Islomovich Islomov (1906.7.11 - Toshkent - 1975.12.4) - fizik olim, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi muxbir aʼzosi (1943). Oʻzbekiston malaka oshirish institutini (1927), Moskva universitetini tugatgan (1933). U rta Osiyo universitetida kafedra mudiri (1936—37), Oʻzbekiston Davlat Universiteti rektori (1937—38), Oʻzbekiston XKS Fanlar komiteti raisi (1938—40), Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi (1941—46). Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Fizika-texnika institutida (1946—50), Geologiya institutida (1951—57) laboratoriya mudiri. 1968 yildan Yadro fizikasi institutida katta ilmiy xodim. Ilmiy ishlari spektral taxlil soha-siga oid. 1000 dan ortiq turli mineral va rudalarni spektroskopik taxlil qilib, geologlarning amaliy ishlariga yaqindan yordam bergan.

Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz