Islomofobiya




Islomofobiya  bu Islom diniga yoki umuman musulmonlarga nisbatan qoʻrquv, nafrat yoki notoʻgʻri tushunchaga ega boʻlish, ayniqsa, geosiyosiy kuch yoki terrorizm manbai sifatida qaralganda.

Islomofobiya atamasining maʼnoviy jihatdan qamrovi va aniq taʼrifi bahsli mavzulardan biridir. Baʼzi olimlar buni ksenofobiya yoki irqchilikning bir koʻrinishi deb hisoblaydilar, boshqalari esa islomofobiya va irqchilikni bir-biri bilan chambarchas bogʻliq yoki qisman bir-biriga mos keladigan hodisalar deb hisoblashadi. Yana bir turdagi olimlar har qanday munosabatlarga eʼtiroz bildirgan holda, din irq emasligini asoslab beradilar..

Islomofobiya keltirib chiqaradigan sabablari ham munozarali mavzulardandir, xususan , 11-sentabr voqealari, „Islomiy davlat“ jangari guruhlarining kuchayishi, Yevropa va Qoʻshma Shtatlardagi yuz bergan terraktlar natijasida islomofobiya kuchayganini taxmin ostiga olingan. Islomiy ekstremistlar fobiyaning ushbu turini Qoʻshma Shtatlar va Yevropa Ittifoqida musulmonlarning koʻpayishi bilan bogʻlaganlar va global ravishda kuchayib borayotgan islom madaniyatining oʻziga xosligi paydo boʻlishiga javob sifatida koʻradilar.

2022-yil 15-martda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi Islom hamkorlik tashkiloti nomidan Pokiston tomonidan kiritilgan konsensusga asoslanib 15-martni "Xalqaro islomofobiyaga qarshi kurash kuni " deya eʼlon qilingan rezolyutsiyani qabul qiladi.

Atamalar



Islom va musulmonlarga nisbatan salbiy his-tuygʻular va negativ munosabatlarga nisbatan qoʻllaniladigan bir qator atamalar mavjud. Jumladan, Anti-Muslimizm, Musulmonlarga nisbatan murosasizlik, musulmonlarga qarshi xurofot, Musulmonlarga qarshi mutaassiblik, musulmonlarga nafrat, anti-islomchilik, muslimofobiya, islomni demonizatsiya qilish yoki musulmonlarni demonizatsiya qilish. Nemis tilida islomofobiya (qoʻrquv) va Islamfeindlichkeit (dushmanlik) soʻzlari qoʻllaniladi. Skandinaviya tilidagi „Muslimhat“ atamasi tom maʼnoda „musulmonlarga nafrat“ degan maʼnoni anglatadi.

Musulmonlarni kamsitish holati ularning diniy eʼtiqodiga bogʻliq boʻlgan shakldagi holat musulmonofobiya, muslimofobiyaning muqobil shakli esa islomofobizm va antimuslimizm deb nomlanadi. Umuman musulmonlarni kamsituvchi shaxslar islomofoblar, Anti-Musulmonlar, Anti-Muhammadchilar, muslimofoblar nomlari bilan ataladi. Musulmonlarga qarshi mutaassiblikka ega boʻlgan shaxslar anti-masjid, Anti-Shialar (yoki Shiafoblar), Anti-soʻfiylar (soʻfiyfobiyalar) va anti-sunniylar(yoki sunniyfobiyalar).

Etimologiyasi



Islomofobiya soʻzi neologizm boʻlib, islom va -fobiya soʻzlaridan hosil boʻlgan yunoncha soʻz hisolanadi. Ingliz tilida "qoʻrquv — — ʻ, „- — dan nafratlanish“ maʼnosini bildiruvchi otlarni hosil qiluvchi soʻzlardan ushbu soʻz strukturasida foydalanilgan

Oksford inglizcha lugʻatiga koʻra, bu soʻz „Islomni qattiq yoqtirmaslik yoki undan qoʻrqish, xususan, siyosiy kuch sifatida musulmonlarga nisbatan dushmanlik yoki notoʻgʻri fikrlash“ degan maʼnoni anglatadi. 1910-yilda Alen Quellien tomonidan nashr etilgan tezisda „Gʻarb va nasroniy sivilizatsiyasi xalqlari orasida keng tarqalgan islomga qarshi notoʻgʻri fikrlash“ni tasvirlash uchun fransuzcha islamofobiya soʻzidan iqtibos keltirilishi 1923-yilda ingliz tili asosidagi soʻz bilan tasdiqlangan. Bu ibora 1976-yilda Georges Chahati Anavati maqolasida qayta paydo boʻlgunga qadar „islomga dushmanlik hissi“ iborasini afzal koʻrgan ingliz tilida soʻzlashuvchilar soʻz boyligi tarkibiga qoʻshilmagan edi. Atama musulmon dunyosida mavjud boʻlmagan, ammo, keyinchalik, 1990-yillarda arabchaga ruhāb al- islām (rhạb ạlạslạm) deb tarjima qilinadi va soʻzma-soʻz "Islomdan qoʻrqish" degan maʼnoni anglatadi.

Berklidagi Kaliforniya universitetining Islomofobiya tadqiqoti va hujjatlashtirish loyihasi ushbu rasmiy taʼrifni taklif qiladi: "Islomofobiya — bu mavjud yevropatsentrik va sharqona global kuch tuzilmasi tomonidan qoʻzgʻatilgan qoʻrquv yoki notoʻgʻri talqin. Ushbu termin iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy va madaniy munosabatlardagi mavjud tafovutlarni saqlab qolish va kengaytirish orqali musulmonga qilingan asl tahdidlarga qaratilgan. Shu bilan birga maqsadli tashkillashtirilgan zoʻravonlikning jamoaviy „sivilizatsiya reabilitatsiyasi“ga erishish vositasi sifatida qoʻllanish zaruriyatini asoslaydi.

Bahslar



1996-yilda Runnymede Trust Sasseks universiteti prorektori Gordon Konvey raisligida Britaniya musulmonlari va islomofobiya vakillari ishtirokida komissiya (CBMI) tuzildi. Komissiyaning „Islomofobiya: barchamiz uchun muammo“ hisoboti 1997-yil noyabr oyida Ichki ishlar vaziri Jek Strou tomonidan nashr etiladi. Runnymede hisobotiga koʻra, islomofobiya bu "musulmonlarga nisbatan asossiz qoʻrquv va yoqtirmaslikni oʻz ichiga olgan dunyoqarash deya eʼtirof etiladi. Bu esa komissiya aʼzolari orasida ziddiyot va istisnolarga sabab boʻladi. Bu atamaning kiritilishi hisobotdagi „Musulmonlarga qarshi xurofot soʻnggi yillarda shu qadar sezilarli darajada tez oʻsdiki, ushbu holatni taʼriflash uchun yangi iboraga muhtojlik sezdik“ degan baho bilan oqlandi.

2008-yilda Lids universitetida etnik kelib chiqish va irqchilikni oʻrganish markazi tomonidan tashkil etilgan „Islomofobiya orqali fikr yuritish“ mavzusida seminar boʻlib oʻtadi. Ishtirokchilar orasida S. Sayyid, Abdulkarim Vakil, Liz Fekete va Gabrielle Marancilar ham bor edi. Simpoziumda islomofobiya tushunchasini Islomga ochiq va yopiq qarashlar mahsuli sifatida ishlatish taklif qilinadi.

Izohlar




Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz