Islomobod demografiyasi
2017-yilgi aholini ro'yxatga olish ma'lumotlariga ko'ra, Islomobodning taxminiy aholisi 1,014,825 kishini tashkil etgan.
Urdu, mamlakatning milliy va ilk rasmiy tili, aholining etnik aralashmasi tufayli, asosan, shahar ichida so'zlashadi. Ikkinchi rasmiy tili hisoblandan ingliz tili ham keng tarqalgan. Boshqa tillarga panjob va pashtu tillari kiradi. Aholining ko'pchiligining ona tili - panjobi, 54%. 2021-yilgi aholini ro'yxatga olish ma'lumotlariga ko'ra, aholining 20 foizi pashtu tilida so'zlashuvchilar, 14 foizi balujlar, qolgan 10 foizi esa urdu, seraiki, pahari yoki boshqa tillarda so'zlashadi. Shahar muhojirlarining umumiy soni 397 731 kishini tashkil etadi, aksariyati Panjobliklardir (201 977). Migrantlardan taxminan 116 614 nafari Xayber-Paxtunxvadan, 75 143 nafari Sinddan, 24 438 nafari Azad Kashmirdan va 21 372 nafari boshqa mamlakatlardan kelgan. Kichikroq aholisi Federal boshqariladigan qabila hududlari, Balujiston va Gilgit-Baltistondan boshqa davlatlarga ko'chib ketishgan.
Islom shahardagi eng katta din bo'lib, aholisining 95,53 foizi musulmonlardir. 1998-yilgi aholi ro'yxatiga ko'ra, qishloq joylarida bu foiz 98,80%, shaharlarda musulmonlar soni 93,83% ni tashkil qiladi. Ikkinchi yirik din xristianlik boʻlib, aholining 4,07%, shundan qishloqlarda 0,94% va shaharda 5,70%. Boshqa dindagilar aholining 0,39%ni o'z ichiga oladi. Aholining asosiy qismi 15-64 yoshdagilar, ya'ni aholi soning taxminan 59,38% hisoblanadi. Aholining atigi 2,73 foizi 65 yoshdan oshgan; 37,90% 15 yoshdan kichiklardan iborat Islomobod Pokistondagi savodxonlik darajasi eng yuqoriy (ya'ni 94%) shahar hisoblanadi. Aholining 9,8% o'rta ma'lumotga ega (11-12-sinflarga teng). 10,26% bakalavr yoki unga tenglashtirilgan darajaga, 5,2% esa magistr yoki unga teng darajaga ega. Islomobodning ishchi kuchi 185 213 kishi va ishsizlik darajasi 15,70%ni tashkil qiladi.
Manbalar
uz.wikipedia.org