Islombek Pirmanov




Islombek Pirmanov (1995-yil 23-fevralda Amudaryo tumanida tugʻilgan) – oʻzbek sportchisi, boks boʻyicha „Uzbek Tigers“ jamoasi aʼzosi. Islombek Pirmanov 2022-yilda „Shon-sharaf“ ordeni bilan taqdirlangan.

Islombek 2008–2013-yillarda havaskor boks boʻyicha Markaziy Osiyo chempionatida umumiy hisobda oltita medalni qoʻlga kiritgan. Bular: uchta oltin, ikkita kumush va bitta bronza medallari. 2013-yil va 2016-yillarda bu koʻrsatgich son boʻyicha kamaygan boʻlsada, sifat borasida oʻsizshga erishdi. Islombek Pirmanov 2013–2016-yillarda boks boʻyicha Markaziy Osiyo chempionatlarida toʻrtta oltin medalni qoʻlga kiritgan.

Professional boksdagi faoliyati



2021-yil fevral oyida Islombek Toshkentda boʻlib oʻtgan boks kechasida WBC kamarining amaldagi chempioni sifatida ishtirok etdi. Finalda qozogʻistonlik raqibi Asror Sotvordievni magʻlub etdi. Bu gʻalaba bilan WBC kamarlarini oʻzida saqlab qoldi.

2021-yil 14-may kuni boʻlib oʻtgan 25 yoshli hamyurti Xumoyun Rustamovga (24-2, 23 KO) qarshi oʻzining ikkinchi jangini oʻtkazgan Islombek Pirmanov gʻalaba bilan bahsni tugatadi. Ikkinchi raunddagi nokauti evaziga Islombek WBA Intercontinental kamarini qoʻlga kiritdi.

2021-yil 31-may kuni Pirmanov butunjahon boks federatsiyasi (WBC) xalqaro kamari uchun davogar hisoblangan ozarbayjonlik Rauf Agayevga qarshi ringga koʻtarildi. Pirmanov azarbayjonlik raqibini texnik nokaut evaziga magʻlubiyatga uchratdi. Bu gʻalabasi evaziga WBC kamarini yana bir bor oʻzida saqlab qoldi.

2021-yil 15-oktabr kuni boʻlib oʻtgan Aleksandr Saltikovga qarshi jangda texnik nokaut bilan gʻalaba qozonadi.

2022-yilda Islombek WBC kamarini himoya qilish uchun Turat Osmonovga qarshi ringga chiqqan va jangni gʻalaba bilan yakunlagan.

Havolalar



Islombek Pirmanov Boxrec.com

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz