Islom Xushvaktov




Islom Xushvaktov (tugʻ. 1967-yil, 27-fevral, Qashqadaryo viloyati, Oʻzbekiston SSR, SSSR) —Oʻzbek siyosatchisi, hayvonot bogʻi muhandisi. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qoʻmitasi aʼzosi. Oʻzbekiston Ekologik partiyasining aʼzosi. Oʻzbekiston Ekologik partiyasining tashkiliy, partiya va kadrlar masalalari boʻyicha raisining oʻrinbosari. Qishloq xoʻjaligi fanlari doktori.

Biografiya



Islom Xushvaktov 1967-yil 27-fevralda Qashqadaryo viloyatida tugʻilgan. Toshkent agrar universitetini chorvachilik mutaxassisligi boʻyicha oliy maʼlumotga ega boʻlgan. 2015-yildan buyon Islom Nortashovich — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining deputati.

Manbalar 1-3




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz