Islom Toʻxtaxoʻjayev
Islom Toʻxtaxoʻjayev 1989-yili 3-oktabrda Fargʻona shahrida tavallud topgan. Ampulasi himoyachi, Oʻzbekiston milliy tema jamoasi hamda Toshkentning Lokomotiv futbol klubi aʼzosi hisoblanadi.
Faoliyati
Neftchi Fargʻona
Islom Toʻxtaxoʻjayev professional futboldagi ilk faoliyatini 2009-yili, tugʻilib oʻsgan shahri Fargʻonaning Neftchi futbol klubida boshlagan. Islomning potensiali yuqoriligi tufayli „Neftchi“ klubining asosiy tarkibiga jalb qilinishidan avval Oʻzbekiston Terma jamoasi safiga Mirjalol Qosimov tarafidan taklif etilgan. Neftchilar safida u to 2011-yilgacha toʻp sudi va shu mavsum oraligʻida 59 ta uchrashuvda maydonga tushib, raqiblar darvozasini jaʼmi 3 marta ishgʻol qilgan.
Lokomotiv Toshkent
U 2012-yili Toshkentning „Lokomotiv“ futbol klubi bilan shartnoma imzaoladi. Temiryoʻlchilar safida 8 mavsum harakat qilgan Islom, „Lokomotiv“ klubini himoya qoʻrgʻonini haqiqiy mustahkam qoʻrgʻoniga aylandi. Jamoa bilan Oʻzbekiston Superligasi chempionligi, Oʻzbekiston Kubogi sohibi, Oʻzbekiston Superkubogi sohibi boʻldi va bir necha yil Osiyo chempionlar ligasida jamoa sharafini munosib himoya qildi. Toʻxtaxoʻjayev „Lokomotiv“ klubida Milliy chemoinat oʻyinlarida 191 oʻyinda 19 ta gol muallifi boʻldi.
Liaoning Shenyang Urban
2020-yil mavsum boshida Xitoy Superligasi vakili „Liaoning Shenyang Urban“ klubi bilan shartnoma imzoladi va faoliyatida ilk bor legionerga aylandi. Xitoyliklar safida 12 uchrashuvda ishtirok etdi va jamoaning asosiy futbolchilaridan biriga aylandi ammo 2020-yilgi Xitoydagi „Koronavirus“ kasalligi tufayli klub bilan hamkorlikni davom ettirmadi.
Qizilqum
2021-yilgi mavsum avvalida „Liaoning Shenyang Urban“ klubi bilan shartnomasi yakunlanganidan soʻng Navoiyning „Qizilqum“ klubi bilan shartnoma imzoladi. Bir yarim mavsum davomida „Oltin qazuvchilar“ safida 40 dan ortiq uchrashivda ishtirok etdi va jamoning asosiy futbolchilaridan biri boʻldi.
Al-Garafa
2022-yilning 25-iyunidan Qatarning „Al-Garafa“ klubida oʻynamoqda.
Klub faoliyatidagi statistikasi
2020-yil 11-oktabrda oʻtkazilgan oʻyindagi aniq statistika.
Terma jamoadagi faoliyati
Islom oʻzbekistonlik yoshlar terma jamoasida ham ishtirok etgan, oʻz mamlakatini 19 yoshgacha boʻlgan yoshdan 20 yoshgacha boʻlgan barcha bosqichlarda himoya qilgan. U shuningdek, kattalar terma jamoasida ham ishtirok etgan. Islom Toʻxtaxoʻjayev terma jamoadagi ilk debyut oʻyinini 2009-yili 28-yanvarda BAA milliy terma jamoasiga qarshi kechgan uchrashuvda boshlagan.
Terma jamoa bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov Islom Toʻxtaxoʻjayevni 2015-yilgi Osiyo kubogi musobaqasiga qatnashish uchun terma jamoa safiga chaqirdi va ushbu turnirning guruh bosqichida u bitta Xitoy terma jamoasiga qarshi kechgan oʻyinda qatnashdi.
Milliy terma jamoa uchun gollar
Gol va natijalar roʻyxatida birinchi boʻlib Oʻzbekistonning gollari qayd etilgan.[9]
Yutuqlari
Lokomotiv tarkibida
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org