Islom tadqiqotlari instituti (Pokiston)
Islomoboddagi
Islom tadqiqotlari instituti 1960-yilda tashkil etilgan. Institut 1980-yilgacha Pokistonning turli vazirliklari ma’muriy nazorati ostida faoliyat yuritgan. 1980-yildan boshlab Islomoboddagi Islom universiteti tarkibiga biriktirilgan.
Institutining maqsad va vazifalari quyidagilardan iborat:
- Universitet ilmiy kengashi tomonidan belgilangan sohalarda ilmiy tadqiqotlar olib borish;
- Islom ta’limotini zamonaviy dunyoning intellektual va ilmiy taraqqiyoti kontekstida oʻrganish;
- Turli monografiyalar, kitoblar, tadqiqot jurnallari va boshqa tadqiqot materiallarini nashr etish;
- Musulmon jamiyati oldida turgan muammolarni aniqlash uchun tadqiqot guruhlarini tayinlash;
- Ilmiy seminar, konferensiya, simpozium va seminarlar tashkil etish
.
Institut tarkibida quyidagi taqiqot boʻlimlari mavjud:
1. Qur’onshunoslik boʻlimi
2. Hadis va sunnat boʻlimi
3. Fiqh va huquq boʻlimi
4. Islom tafakkuri boʻlimi
5. Zamonaviy musulmon ummati boʻlimi
Institutining alohida nashriyoti mavjud boʻlib, u yerda hozirgacha ingliz, arab va urdu tillarida 140 dan ortiq ilmiy kitob, monografiya va tarjima asarlar nashr qilingan. Islom tadqiqotlari instituti uchta davriy nashrga ega. Bular:
“Fikr-o Nazar” (urdu tilida)
“Islamic Studies” (ingliz tilida)
“ad-Dirosa al-islomiya” (arab tilida) jurnallaridir.
Manbalar
uz.wikipedia.org