Islom Respublikasi axborot agentligi
Islom respublikasi axborot agentligi – (forscha: خبرگزاری جمهوری اسلامی, Xabargozâri-ye Jomhuri-ye Eslami), yoki
IRNA (ایرنا) Eron Islom Respublikasining rasmiy axborot agentligi hisoblanadi. Agentlik shohlik davrida yaʼni 1934-yilning 13-noyabrida Pars yangiliklar agentligi nomi bilan Eron madaniyat va islomiy boshqaruv vazirligi nazorati va moliyalashtirilishi bilan tashkil qilingan. Agentlik shuningdek, Eron gazetasini ham nashrdan chiqaradi. -, 2021-yil(2021-Expression error: Unrecognized word "sentabr".-00) holatiga koʻra , Ali Naderi – IRNA ning boshqaruv direktori hisoblanadi. IRNA agentligining Eronda 60 ta va dunyoning turli mamlakatlarida yana 30 ta vakolatxonalari mavjud.
Tarix
1934-yilda
Pars agentligi Eron Tashqi Ishlari Vazirligi (Fors) tomonidan mamlakatning rasmiy milliy axborot agentligi sifatida tashkil etilgan. Faoliyatining keyingi olti yili davomida, agentlik milliy va xalqaro yangiliklarni tarqatish ishlarini Eron Tashqi ishlari vazirligi qoshida olib bordi. Pars agentligi har kuni ikki marta frantsuz va fors tillarida byulletenlarni nashr etib, uni hukumat amaldorlari, Tehrondagi xalqaro axborot agentliklari va mahalliy matbuot agentliklari oʻrtasida tarqatgan. 1940-yilning may oyida Bosh Tablighat boshqarmasi tashkil etilganidan soʻng, agentlik boshqarmaning filialiga aylandi. Agence France Press (AFP) Pars agentligi tomonidan taqdim etilgan xabarlardan foydalangan birinchi xalqaro axborot agentligi boʻlgan. Asta-sekinlik bilan, Eron axborot agentligi oʻzining yangiliklar manbalarini Reuters, Associated Press (AP) va United Press International (UPI) kabi agentliklarni ichiga olgan holda kengaytirdi. Turkiyaning Anadolu axborot agentligi bilan tuzilgan kelishuvdan soʻng, agentlikning axborot manbalari dunyoning boshqa mamlakatlariga ham kengaya boshladi. bu shartnoma, shuningdek, kam sonli yuqori martabadagi amaldorlarga maxfiy byulletenlarni taqdim etish imkonini ham berdi.
1954-yilda davlat toʻntarilishidan soʻng Oq inqilob islohotlari doirasida Pars agentligida modernizatsiya ishlari olib borildi, bu esa yangiliklar koʻlamining kengayishi, professional xizmatlarning yaxshilanishi va oliy maʼlumotli xodimlarni koʻpayishiga olib keldi. Shuningdek, u xalqaro yangiliklarni fors tiliga tarjima qilib uzatadigan radio xizmatini oʻz obunachilariga taklif qildi. Yangi tuzum ostida 1947-yilgacha agentlik Madaniyat vazirligi, Pochta, Telegraf va Telefon vazirligi, Bosh vazir idorasi va Mehnat vazirligi kabi turli davlat idoralari va vazirliklari nazorati ostida ishlagan. 1957-yilda „Tablighat“ ning umumiy boʻlimlari mustaqil boʻlim sifatida Tehron radiosi ning nashrlar boʻlimi nazoratiga oʻtgan. 1963-yilda Pars agentligi faoliyati yangi tashkil etilgan Axborot vazirligi qoshiga oʻtkazildi. Uning nomi Pars axborot agentligi yoki PANA ga oʻzgartirilib, kechayu-kunduz faoliyat yurita boshladi. 1975-yilning iyul oyida Eron qonun chiqaruvchi organi Axborot va turizm vazirligini tashkil etish va Pars axborot agentligi maqomini 300 million rialga yaqin kapital aktivlari boʻlgan aktsiyadorlik jamiyatiga oʻzgartirish toʻgʻrisidagi qonun loyihasini qabul qildi. Keyinchalik, tashkilot yangi vazirlikning boʻlinmasiga aylandi. Uning 23 paragraf va eslatmalardan iborat Nizomi Eronning oʻsha paytdagi Milliy Maslahat Assambleyasi tomonidan qabul qilingan.
1979-yilning fevral oyida Eron inqilobidan soʻng Inqilobiy kengash (Shavra-ye-Enqelab) tomonidan 1979-yilning iyun oyida Axborot va turizm vazirligi nomini Milliy yoʻl-yoʻriq vazirligi (yoki Milliy hidoyat vazirligi) deb oʻzgartirildi. Oʻsha yili Pars axborot agentligining nomi ham Islom Respublikasi axborot agentligi deb oʻzgartirildi.
IRNA axborot agentligi 2023-yilning avgust oyida oʻzining foto-agentligini rasman ochilganini eʼlon qildi. Eronning ilk rasmiy foto agentligi sifatida, OAV mamlakat boʻylab turli hodisalarni yoritib boradi va mamlakatning 90 yillik agentlikning rasmlar arxivini chop etish bilan shugʻullanadi. Ushbu media markaz IRNA IMAGES nomi bilan ish yuritadi.
Bahs va munozaralar
IRNA agentligi Isroil, COVID-19 va Iroq Bosh vaziri Mustafa al-Kadhimiga uyishtirilgan suiqasd kabi turli voqea va hodisalarga nisbatan notoʻgʻri maʼlumotlar tarqatgani uchun tekshiruv ishlari olib borilgan. Tashkilot maʼlumotlarining toʻgʻriligining oʻzi ham The Onion va satirik yangiliklar veb-sayti ga asoslanib alohida soʻroq qilingan.
Quyidagi roʻyxatda agentlik toʻgʻrisida turli bahs-munozaralar yoki yolgʻon daʼvolar keltirilgan:
Manbalar
Tashqi havolalar
uz.wikipedia.org