Islom olami tadqiqotlari instituti
Islom olami tadqiqotlari instituti Zayed universiteti qoshidagi institut boʻlib, faoliyati taʼlim va tadqiqotga yooʻnaltirilgan. Institut oliy taʼlim muassasalarida islomshunoslik fanini oʻqitish, jamoatchilik bilan ishlash va ilmiy tadqiqotlarni qoʻllab-quvvatlashda yangi metodikadan foydalanmoqda. Institut islom olamini oʻrganish boʻyicha yetakchi xalqaro muassasaga aylanishni maqsad qilgan.
Maqsad va vazifalari
Islom olami tadqiqotlari instituti islom dunyosining markazidagi yetakchi taʼlim va tadqiqot instituti boʻlib, islom ilmida turli islomshunoslik fanlari pedagogikasi, nazariyalari va tadqiqot kun tartibini yangilashga olib keladigan yangi paradigmani ishlab chiqishni maqsad qilgan.
Islom olami tadqiqotlari institutining asosiy vazifalari BAA va xorijdagi tadqiqotchilar, mutaxassislar va jamoat rahbarlarini oʻqitish va tayyorlash bilan bogʻliq noanʼanaviy islomshunoslik dasturlarini ishlab chiqish va boshqarish hamda Islom va islom dunyosini oʻrganish uchun zamonaviy ijtimoiy fanlar usullarini qoʻllashdan iborat.
Islom olami tadqiqotlari institutini ijtimoiy tarixdan iqtisodgacha, islomshunoslikdan siyosatgacha boʻlgan va arab va ingliz tillarida bemalol muloqot qila oladigan turli akademik jabhalardan oʻqituvchilarni ishga oladi. Har yili Institut oʻqituvchilari oʻnlab nashrlar muallifi yoki hammuallifi boʻlib, butun dunyo boʻylab koʻplab taqdimotlarni taqdim etadi.
Oʻquv dasturlari
Islom olami tadqiqotlari institutida bakalavriat va magistratura taʼlimi, jamiyat rivojlanishi va tadqiqotlarga bagʻishlangan dasturlari mavjud boʻlib, gnoseologik va uslubiy jihatdan gumanitar va ijtimoiy fanlardagi soʻnggi ishlanmalarga mos keladigan quidagi dasturlarni taklif qiladi:
Magistratura va PhD dasturlari: Zamonaviy islomshunoslik, islom dunyosini oʻrganish, huquqiy tadqiqotlar, islom iqtisodiyoti va boylikni boshqarish, vaqf tadqiqotlari, qiyosiy dinshunoslik, islom diniy peshvolari, ayollar tadqiqotlari, inson huquqlari va hokazo.
Bundan tashqari, Institut xalqaro konferensiyalarga mezbonlik qiladi va tadqiqot va ilmiy ishlar olib boradi.
Asosiy maʼlumotlar
Ijrochi direktor idorasi:
Dr. Tarak Abdulloh — v.b. Direktor
Tel: +9714 402 1316
Faks: +971-4-326 0060
Pochta manzili: P. O. Box, 19282, Dubai, United Arab Emirates
Xeba Saif — Katta mutaxassis
Tel: +971-4-402 1110
Faks: +971-4-326 0060
Pochta manzili: P. O. Box, 19282, Dubai, United Arab Emirates
Nashva Al-Harti — Maʼmuriy xodim
Tel: +971-4-402 1654
Faks: +971-4-326 0060
Pochta manzili: P. O. Box, 19282, Dubai, United Arab Emirates
Adabiyotlar
https://www.zu.ac.ae/main/en/colleges/colleges/__institue_for_islamic_world_studies/index
uz.wikipedia.org