“ISLOM NURI”



“ISLOM NURI” – O’zbekiston musulmonlari idorasining diniy-ijtimoiy gazeta. 1990 yildan Toshkentda nashr etiladi. Islom dinining asosiy manbai bo’lgan Qur’oni Karim va hadisi shariflarga suyangan holda faoliyat ko’rsatadi. Uning sahifalarida O’zbekiston Musulmonlari idorasining fatvolari, Oliy hay’at va ulamolar kengashi qarorlari targ’ib qilinadi. O’zbekiston musulmonlari hayotiga hamda axloq-odobga oid maqolalar, Diniy asarlar keng yoritiladi. Adadi 5 ming nusxa (2002).

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz