Islom mazhabchiligi
Islom mazhabchiligi — islom dinidagi turli oqim va firqalarning umumiy nomi. I. m. Qurʼon va hadisni turlicha talqin qilish, islom tarixida gʻoyaviy-siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va diniy hayotning boshqa sohalarida yuz bergan ixtiloflar natijasida vujudga kelgan. Tor maʼnoda — shariatga xos huquq yoʻnalishlarini anglatsa, keng maʼnoda — dindagi ajralgan barcha guruhlarni ifodalaydi. Ularni bir-biridan farqlash lozim. Islomdagi asosiy yoʻnalishlar — sunniylik, shialik, xorijiylar. Bulardan sunniylik va shialik hozir mavjud, lekin xorijiylar yoʻnalishi oʻrta asrlardayoq koʻp firqalarga ajralib, keyinchalik yoʻqolib ketgan, undan faqat bitta — ibodiylar (abodiylar) firqasi saklanib qolgan; Islomdagi firqalar — ularning eng kupi shialik ichidagi firqalardir; shariat mazhablari — islomdagi ajralishning alohida shaklidan iborat (hanafiylik, molikiylik, shofiʼiylik, hanbaliylik, jaʼfariylik) (ya na q. Mazhab); ilohiyot oqimlari — ular islom ilohiyotining shakllanish bosqichida ilohiyotga doir ayrim masalalar boʻyicha ixtiloflar tufayli vujudga kelgan. 14-asrdan keyin ularning barchasi yoʻqolib ketgan; Sufiylik yoki tasavvuf tariqatlari — ularning koʻplari oʻrta asrlardayoq yoʻqolib ketgan. Oʻrta Osiyoda — naqshbandiylik, yassaviylik, kubraviylik, Kavkazda muridlik, xorijiy Sharq mamlakatlarida qodiriylar, bektoshiylar, rifoʼiylar, tayfuriylar va b. tariqatlar keng tarqalgan. Ularning ayrimlari hozir ham mavjud.
ISLOM MAZHABCHILIGI - islom dinida ijtimoiy-siyosiy ziddiyatlar va hokimiyat uchun
kurash jarayonida vujudga kelgan xilma-xil yoʻnalishlar va oqimlarning umumiy nomi.
Mazhab tor ma’noda shariatga xos huquq yoʻnalishlarini anglatadi. Lekin, mazhabchilik
iborasi keng ma’noda dinlardagi barcha guruhlarga ajralishlarni ifodalaydi. Shu ma’noda
I. m. bu dindagi barcha guruhlar ajralish shakllarini oʻz ichiga oladi, ularning 5 turini birbiridan
tafovut qilish kerak: 1) islomdagi asosiy yoʻnalishlar. Islomda dastlab yuz bergan
ixtiloflar natijasida alohida diniy ta’limot, marosimchilik, axloqiy-huquqiy me’yorlarga oid
bir qator masalalarda bir-biridan tafovut qiladigan 3 asosiy yoʻnalish vujudga kelgan.
Bulardan sunniylik va shialik hozirda ham mavjud, lekin xorijiylar yoʻnalishi oʻrta
asrlardayoq avval koʻp firqalarga ajralib, keyinchalik yoʻqolib ketgan, undan faqat bitta
ibodiylar (abodiylar) firqasi saqlanib qolgan. 2) Islomdagi firqalar, mohiyatan aqidaviy
ta’limot va marosimchilik masalalarida oz yoki koʻp darajada bir-biridan tafovut qiladigan
diniy guruhlar. Islomda firqalarning eng koʻpi shialikdan ajralib chiqqan, bulardan
qarmatiylar, ismoiliylar, zaydiylar, nusayriylar, aliilohiylar, druzlar va b. hamda ular
ichidan ajralgan koʻp kichik firqalarni, yangi davrda vujudga kelgan bobiylik, bahoiylik
kabilarni tilga olish mumkin. Sunniylik islomda ortodoksal diniy ta’limot hisoblangan,
oʻrta asrlarda undan firqalar ajralib chiqmagan. Urta asr oxirlari va yangi davrga kelib
unda ham firqa va oqimlar paydo boʻlgan. Bulardan ravshaniylar (17-asr), ahmadiya,
voisovchilar firqalarini (19-asr), vahhobiylik, mahdiylik, panislomizm kabi diniy-siyosiy
oqimlarni koʻrsatish mumkin. 3) Mazhablar, shariat mazhablari ham islomdagi
ajralishning alohida shaklidan iborat. 4) Ilohiyot oqimlari boʻlib, ular islom ilohiyotining
shakllanish bosqichida ilohiyotga doir ayrim masalalar boʻyicha ixtiloflar tufayli vujudga
kelgan. Bulardan ash’ariylar, jabariylar, qadariylar, sifatiylar, murji’iylar, mu’taziliylar va
b.ni koʻrsatish mumkin. Ortodoksal ilohiyot ta’limoti boʻlgan Kalom shakllanib hukmron
rol oʻynay boshlagach, ilohiyot oqimlarining barchasi yoʻqolib ketgan. 5) So’fiylik yoki
tasavvuf tariqatlari. So’fiylik goyalari keng tarqalgach, musulmon mamlakatlarida har
biri oʻz yoʻli (suluk)ni olib borgan so’fiylik rahnamolari (pirlar) nomi bilan bogʻliq ravishda
juda koʻp uyushmalar paydo boʻlgan. Ulardan koʻplari oʻrta asrlardayoq yoʻqolib ketgan.
Lekin, hozirda ham gʻoyat koʻp tariqatlar mavjud. O’rta Osiyoda -naqshbandiylik,
yassaviylik, kubroviylik, Kavkazda - muridizm, xorijiy Sharq mamlakatlarida oʻrta
asrlardan ma’lum boʻlgan qodiriylar, bektoshiylar, rifo’iylar, tayfuriylar, suhrovardiya,
mavlaviylar, shoziliylar, chishtiylar, safaviylar, haydariylar, ne’matullohiylar, jaloliylar
keng tarqalgan. Ularning ayrimlari hozir ham mavjud. O’rta asr oxirlari va yangi davrda
Arab mamlakatlari, Afrika, Janubi-Sharqiy Osiyo xalqlari orasida ham koʻp tariqatlar
tarqalgan: salafiylar, shartariylar, rashidiylar, rahmoniylar, tayyibiylar, tinoniylar,
ammoriylar, hamoliylar, muridiylar, barqiylar, idrisiylar, sanusiylar, gʻufriylar va h.k.
Umuman olganda 30 dan ortiq tariqat mavjud. I. m.ning barcha koʻrinishlari islom
tarixida yuz bergan gʻoyaviy-siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy, diniy aqidaviy va hayotning
boshqa sohalaridagi ixtiloflarni ifoda etadi. Shu jihatdan islomni shartli ravishda yaxlit
din hisoblash mumkin. Xilma-xil oqim va firqalarning vujudga kelishiga birinchi navbatda
ijtimoiy-siyosiy harakatlarning diniy shaklda namoyon boʻlishi sabab boʻlgan. Islom dinini
qabul qilgan xalqdarning madaniyati, an’analari, ilgariga diniy e’tiqodlari, shuningdek
ular yashagan geofafik sharoitlar ham oqimlarning xarakteriga ta’sir etgan.
Adabiyot
Manbalar
uz.wikipedia.org