Islom Kenjaboyev




Islom Kenjaboyev (1999-yil 1-sentyabr tugʻilgan) oʻzbek futbolchisi, Navoiyning "Qizilqum" klubi va Oʻzbekiston milliy futbol terma jamoasi yarim himoyachisi.

Futbolchilik faoliyati



Ilk yillari



Islom Kenjaboyev 1999-yil 1-sentyabr Navoiy viloyatida tugʻilgan. Shuningdek Islom Kenjaboyev — "Nasaf" futbol akademiyasi bitiruvchisi hisoblanadi. Birinchi murabbiyi Nurali Sultonov. Akademiyada 2012-yildan 2017-yilgacha tahsil olgan soʻng 2017-yilg Islom Kenjaboyev Nasafning oʻrinbosarlar tarkibida harakat qilgan.

Nasaf safida



2017-yilda Islom Kenjaboyevning muvaffaqiyatli oʻyinlaridan soʻng Nasaf jamoasi bosh murabbiyi Roʻziqul Berdiyev uni asosiy jamoaga jalb etdi. Islom Kenjaboyev „Nasaf“ safida 86 ta oʻyinda maydonga tushib 9 ta gol va 4 ta goli uzatmalarga mualliflik qildi, umumiy hisobda 5.246 daqiqa maydonda toʻp surdi.

Jeju United safida



2021-yil Nasaf jamoasiga Jeju United klubi Islom Kenjaboyevni sotib olish boʻyicha rasmiy taklif joʻnatdi va Nasaf bu taklifni qabul qildi. Jeju United klubiga bu transfer 400 ming yevroga tushdi. Jeju United safida 2 ta oʻyinda maydonga tushib umumiy hisobda 102 daqiqa maydonda toʻp surdi.

Qizilqum safida



Jeju United safidagi muvaffaqiyatsiz faoliyatidan keyin Islom Kenjaboyev 2021-yil 14-iyul kuni Qizilqum jamoasiga erkin agent sifatida qoʻshildi. Qizilqum jamoasi safida 20 ta oʻyinda maydonga tushib 5 ta gol va 2 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Jamoa safida umumiy hisobda 1.758 daqiqa maydonda toʻp surdi. 2022-yilning 1-yanvarida Islom Kenjaboyev „Navbahor“ jamoasiga ijaraga berib yuboriladi.

Navbahor safida



2022-yilning 1-yanvarida Islom Kenjaboyev „Navbahor“ safiga kelib qoʻshildi. Navbahor safida 13 ta oʻyinda maydonga tushdi va umumiy hisobda 401 daqiqa maydonda toʻp surdi.

Qizilqum



2023-yildan Qizilqum klubi bilan shartnoma imzoladi.

Yutuqlar




Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz