Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroporti
Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroporti - Oʻzbekistonning eng zamonaviy hamda katta aeroportlaridan biri hisoblanadi. Uning yana bir katta yutuqlaridan biri shundaki aeroport dunyoning deyarli barcha yirik va savdo ahamyatiga ega boʻlgan shaharlari bilan oʻzlarining havo aloqalarini oʻrnatgan va xohlagan turdagi havo kemalarini qabul qilish imkoniyatiga ega. Aeroportning hozirgi kundagi yoʻlovchilarni qabul qilish imkoniyati soatiga 1300 kishiga yetadi va u IKAOning II- toifasiga ega hisoblanadi
Tarixi
Bu xalqaro nomga ega boʻlgan aeroportning tarixi XX asrning boshlariga borib taqaladi, 1924-yil birinchi marta havo kemasi bu
aeroportdan uchirilgan, oʻsha paytda Toshkent — Pishpek — Alma-ata yoʻnalishi boʻylab yoʻloʻvchilar oʻz manzillariga olib borilgan.
Keyinchalik shu yilning oʻzida havo kemalari tomonidan 1000 ga yaqin yoʻlovchilar tashilgan va 200 kilogramm pochta va yana
besh tonnaga yaqin yuk tashilgan. Oʻsha vaqtdan beri kompaniya tomonidan juda koʻplab oʻzgarishlar amalga oshirilgan, yangi
havo kemalari va boshqa asbob uskunalar sotib olingan. 2017-yil 25-yanvar kuni Oʻzbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimovning nomi berildi
Qulaylik va oʻzgarishlar
Bugungi kunda bu aeroport Oʻrta Osiyodagi eng katta va zamonaviy aeroportlardan biri hisoblanadi, koʻplab havo kemalariga va
yoʻlovchilarga hizmat koʻrsatadigan servis xizmatlari va boshqa koʻplab xizmatlar uning tarkibidan joy olgan.
Aeroportning yaxshi va qulay joylashganligi tufayli Yevropaga, Janubiy -Sharqiy Osiyoga, Amerikaga va dunyoning boshqa joylariga
amalga oshiriladigan parvozlar uchun qulayliklar yaratadi, chunki bu ularning havo yoʻllarining kesishgan joyida joylashgan.
Havo kemalariga yerda xizmat koʻrsatish darajasi boyicha bu aeroport katta yutuqlarga ega boʻlgan shu miqyosda unda katta
oʻzgarishlar amalga oshirilgan masalan: aerovokzal binosining yangidan jihozlanganligi va uchish qoʻnish maydonining qayta taʼmirlanganligi, yangi zamonaviy chiroq -signal uskunalarining oʻrnatilganligi bilan izohlash mumkin.Aeroportning umumiy maydoni 100 gektardan iborat
boʻlib unda 110 havo kemalari uchun turish oʻrinlari mavjud va ikkita Janubiy va Shimoliy uchish- qoʻnish maydoniga ega.
Toshkent xalqaro aeroporti koʻplab havo kemalariga texnika xizmat koʻrsatadigan mashinalarga ega masalan:Mulag Comentva Nissan kichik
tyagichlari, Hunnert Gmbh suv quygichlari, Mitcubisi-rosa yoʻlovchi avtobuslari,
Alfons Cak yonilgʻi quygichlari va yana shunga oʻxshash koʻplab texnikalarga ega. Aerovokzal binosining zamonaviy yangi jihozlar bilan taminlanganligi
yoʻlovchilarga katta qulayliklar yaratadi, binoda 56 ta kristalli monitorlar oʻrnatilgan boʻlib ular orqali yoʻlovchilar kerakli malumotlar bilan tanishib boradilar.
Yoʻlovchilarga qulaylik maqsadida aeroportda elektron chipta tizimi ishga qoʻyilgan.
Bu terminal orqali mahalliy yoʻlovchilarga xizmat koʻrsatiladi, bu bino yoʻlovchilarni soatiga 400 ta gacha qabul qilish qobilyatiga ega. Foydalanuvchilar uchun
dorixona, kafe, doʻkon va telefon xizmatlari yoʻlga qoʻyilgan.
Toshkent −2 terminali bu asosan horijga ketayotgan va horijdan kelayotgan yoʻlovchilarga xizmat koʻrsatadi, yoʻlovchilarning havo kemalariga chiqqunlarigacha boʻlgan
vaqt davomida ular uchun qulay boʻlgan sharoit yaratilgan. Oʻzbekistonlik va horijlik yoʻlovchilar kompaniya xizmatlaridan qulay ravishda foydalanishlari uchun binoda
keng va yorugʻ kutish xonalari, doʻkonlar', tez ovqatlanish uchun kafe xizmat qilib turadi.
Aviakompaniyalar va yo‘nalishlar
Yo‘lovchi tashish
Yuk tashish
Xizmatlar
Manbalar
uz.wikipedia.org