Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filiali




Islom Karimov Universiteti




Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filiali  — Oʻzbekiston oliy oʻquv yurtlarining filiallaridan biri.



Tarix



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining  2017-yil 27-iyul №3153-son  “Toshkent viloyatida sanoat-ishlab chiqarish sohasi uchun muhandis-texnik kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Qaroriga muvofiq Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filiali tashkil etildi. Ushbu qarorga muvofiq filialda “Konchilik ishi va metallurgiya”, “Energetika va mashinasozlik” fakultetlari faoliyat boshladi. Bugungi kunda “Konchilik ishi va metallurgiya” fakulteti “Konchilik ishi”, “Metallurgiya”, “Konchilik elektr mexanikasi”, “Umumkasbiy va lqtisodiy fanlar” kafedralarini, Energetika va mashinasozlik fakulteti esa “Elektr texnikasi va elektr mexanikasi”, “Kimyoviy texnologiya”, “Mashinasozlik texnologiyasi” kafedralarini oʻz ichiga oladi. Ayni vaqtda kunduzgi boʻlimda “Mashinasozlik texnologiyalari”, “Konchilik ishi”, “Metallurgiya”, “Elektr texnikasi va elektr mexanikasi”,  “Kimyoviy texnologiya”, “Konchilik elektr mexanikasi” kabi bakalavriat ta’lim yoʻnalishlari boʻyicha mutaxassislar tayyorlanmoqda. SHuningdek, oliygohimizda kechki va sirtqi boʻlimlar ham tashkil etilib, ushbu boʻlimlarda 2003 nafarga yaqin talaba tahsil olmoqda. Albatta, bugungi kun talabidagi kadrlar tayyorlashni zamonaviy laboratoriya jihozlarisiz tasavvur etib boʻlmaydi. Mazkur masalada TDTU Olmaliq filiali uchun xarid qilinishi yuzasidan 6 nomdagi, jumladan metallurgiya, elektrotexnika va elektronika asoslari, kimyoviy texnologiya, gelogiya, gidrologiya va gidrogelogiya, mashinasozlik hamda favqulodda holatlar xavfsizlgi, mehnat muhofazasi va hayot faoliyati xavfsizligi sohalariga oid oʻquv-laboratoriyalarini xarid qilingan. Filialda faoliyat olib borayotgan barcha professor-oʻqituvchilarning oʻz ilmiy-tadqiqot yoʻnalishlari mavjud boʻlib, ular belgilangan muddatlarda ilmiy maqola, oʻquv-uslubiy qoʻllanma va darsliklarni chop etib kelmoqda. Shuningdek, tadqiqot doirasidagi dissertatsiya himoyalarini muvaffaqiyatli oʻtkazishmoqda. Oʻtgan yilda to‘rt nafar professor-oʻqituvchi oʻz dissertatsiyalarini ana shunday muvaffaqiyat bilan himoya qilib, falsafa doktori(PhD) ilmiy darajalariga ega boʻlishdi. Joriy yilda esa yana toʻrt nafar professor oʻqituvchilarning ilmiy-tadqiqot ishlari oxiriga etkazilib, dissertatsiya himoyalarini oʻtkazish asosiy maqsad sifatida belgilangan. Iste’dodli professor –oʻqituvchilarimizning har biri talaba-yoshlarning kamol topishi, jamiyatda munosib oʻrin egallashida bor bilim va tajribasini oʻrgatib, ma’nan boy avlodlar boʻlib ta’lim-tarbiya olishlarida beqiyos hissa qoʻshib kelmoqda. Bilamizki, ta’lim-tarbiya har bir davlatning nafaqat bugunida, balki ertasida ham muhim masala sanaladi. Shu boisdan, talaba yoshlarimizning dunyoqarashini yuksaltirish, huquqiy savodxonligini oshirish, respublikamizda olib borilayotgan siyosiy, huquqiy, ijtimoiy va iqtisodiy sohalarda amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyatini toʻlaqonli tushuntirish, Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash, ular oʻrtasida huquqbuzarlik, jinoyatchilik, diniy ekstremistik oqimlar, missionerlik kabi illatlarga qarshi kurashish, oʻqish va darsdan boʻsh vaqtlarini samarali tashkil etish professor-oʻqituvchilarimizning doimiy e’tiboridadir.

Kafedralar




MUTAXASSISLIK KAFEDRALARI

NOMUTAXASSISLIK KAFEDRALARI

MUTAXASSISLIK KAFEDRALARI

NOMUTAXASSISLIK KAFEDRALARI

MUTAXASSISLIK KAFEDRALARI

NOMUTAXASSISLIK KAFEDRASI

Fakultetlar haqida ma'lumotlar



Konchilik ishi va metallurgiya fakulteti

Оʻtgan asrning 50-yillarida Оʻzbekistonda yirik foydali qazilma konlari aniqlanib, ularni qazib olish, boyitish fabrikalari hamda metallurgiya zavodlarining qurilishi rejalashtirilgan bоʻlib, 60-yillarda ushbu rejani amalga oshirish ishlari boshlab yuborildi.
Jumladan, Olmaliq kon-metallurgiya kombinati, “Оʻzbekoltin” birlashmasiga qarashli Chodak, Angren, Marjonbuloq konlari va rudalarini boyitish fabrikalari, keyinroq esa Navoiy kon-metallurgiya kombinatlari tashkil topdi. Bu davrda Bekobod metallurgiya zavodi, Chirchiq оʻtga chidamli va qiyin eruvchi metallar (volform va molibden) ishlab chiqrishga mоʻljallangan kombinat faoliyat kоʻrsatib kelayotgan edi. Ushbu konlarda, fabrikalarda zavodlarda ishlash uchun mutaxassislar-injener konchilar, boyituvchilar hamda metallurglar tayyorlash davr talabiga aylangan edi. Bu vazifa bilan Toshkent politexnika instituti (Hozirgi Toshkent davlat texnika universiteti) Konchilik fakulteti shugʻullanar edi.
1961- yil Olmaliq shahrida kechki Olmaliq kon-metallurgiya fakulteti ochilib, ishlab chiqarishdan ajralmagan holda talabalar tahsil ola boshladi. Fakultet dekani etib, dotsent U.A. Isomuxammedov, dekan muovini etib I.Inagamov tayinlandi.
Sobiq Sovet davlat rahbarining (N.S. Xrushchev) “Oliy оʻquv yurtlari ishlab chiqarish korxonalariga yaqin hududlarga kоʻchirilsin” degan qarorga binoan Toshkent politexnika instituti tarkibidagi kunduzgi kon-metallurgiya fakulteti 1963-yil sentabrida Olmaliq shahriga kоʻchiriladi.
Fakultet Olmaliqqa kоʻchirilgandan keyin U.A.Isomuxammedov оʻquv ishlari bоʻyicha prorektor lavozimiga оʻtkazilib, Olmaliqdagi fakultetga dotsent Xoroshev dekan etib tayinlandi, dekan muovini etib, I. Inogamov tayinlandi. 2-3 yildan keyin esa Xoroshevning оʻrniga, I.Inogamov dekan etib tayinlanadi.
1967-yil sentabrda Olmaliq kon-metallurgiya fakultetining kunduzgi bоʻlimi qayta Toshkentga kоʻchiriladi. Olmaliq shahrida esa, ToshPIning kechki “Olmaliq kon-metallurgiya fakulteti” tashkil qilinib, kechki bоʻlimida оʻqiydigan talabalar qoldirildi. Mutaxassislik kafedralari “Rangli metallar metallurgiyasi”, “Foydali qazilmalarni ochiq usulda qazib olish texnologiyasi” va boshqa kafedralar “Sikl”ga aylantirilib, Toshkentdagi kon-metallurgiya fakultetining mutaxassislik kafedralari tasarrufida qoldiriladi. Kechki Olmaliq kon-metallurgiya fakulteti tarkibida mustaqil kafedra sifatida “Foydali qazilmalarni boyitish”, “Marksizm-leninizm”, “Umummuhandislik”, “Chet-tillari” hamda “Sanoat qurilish” kafedralari tashkil qilingan edi.”Foydali qazilmalarni boyitish” kafedrasiga oldin dotsent V.N. Chazov keyinroq M.Asqarov rahbarlik qilganlar.
1967-1976-yillarda texnika fanlari nomzodi Djaymagambetov D.S. dekan vazifasida ish yuritdi.
1976-1981-yillar Olmaliq KMF yana texnika fanlari nomzodi, dotsent Ilhom Inagʻamovich I.I.dekan vazifasida ish yuritdi.
1981-1993-yillarda texnika fanlari nomzodi, dotsent Yusupxodjaev A.A. dekan vazifasida ish yuritdi.
1993-1995-yillarda texnika fanlari nomzodi, dotsent Xolmatov M.M. dekan vazifasida faoliyat olib bordi.
1995-yili Prezident qarori bilan Oliy оʻquv yurtlarining viloyatlardagi kechki bоʻlim va fakultetlari hamda filiallari tugatildi. Shu jumladan Olmaliq fakulteti ham.
2001-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi sanoatining tez rivojlanayotgan kon-metallurgiya sohasi, asosan Olmaliq togʻ-metallurgiya kombinatini xamda Respublika sanoatining togʻ-metallurgiya sohasini malakali kadrlar bilan ta’minlash maqsadida Navoiy davlat konchilik instituti tarkibida Olmaliq kon-metallurgiya fakulteti tashkil etildi.
Olmaliq kon-metallurgiya kombinati bosh direktori va Olmaliq shahar hokimining takliflarini inobatga olinib hamda ta’lim muassasalariga qabil qilish bоʻyicha Davlat komissiyasining 2001-yil 18-iyuldagi 4-sonli majlisi bayonnomasi, Navoiy davlat konchilik instituti Rektorining 2001-yil 2-avgustdagi 1/68 –sonli buyrugʻiga binoan Olmaliq shahrida Navoiy davlat konchilik institutining kunduzgi Olmaliq kon-metallurgiya fakulteti ochilgan.
Oʻsha vaqtda fakultetni tashkil qilishda quyidagi insonlar tashabbus koʻrsatishgan:
Rossiya konchilik fanlari akademiyasi akademigi, texnika fanlari doktori B.R.Raimjonov, texnika fanlari doktori N.I.Kucherskiy, texnika fanlari doktori Q.S.Sanaqulov, texnika fanlari doktori, professor S.A.Abduraxmanov, texnika fanlari doktori YU.J.Norov, texnika fanlari doktori Oʻ.F.Nosirov, dotsent R.M.Qarshiev, dotsent Y.P.Isomatov, dotsent A.M.Mutalova va texnika fanlari doktori A.S.Xasanovlar.
2001-2012-yillarda A.S.Xasanov dekan vazifasida faoliyat yuritdi.
2012-2013 yillarda dotsent T.V.Botirov
2013-2017 yillarda dotsent D.B.Xoliqulov OKMF dekani vazifasida faoliyat yuritdilar.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning oxirgi yillarda Toshkent viloyatida ishlab chiqarish va sanoat sohasini, rivojlantirish, shuningdek sanoatning tegishli boʻlimlarida va qolaversa Respublika sanoatini asosiy sohalariga malakali kadrlar tayyorlash va taʻminlash uchun 2017-yil 27 iyuldagi № PQ-3153 Qaroriga asosan Olmaliq shahrida “Navoiy davlat konchilik instituti Olmaliq kon-metallurgiya fakulteti” negizida Islom Karimov nomidagi Toshkent Davlat Texnika Universiteti Olmaliq filiali ochildi.
2017yil Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq fililalida 2 ta “Konchilik ishi va metallurgiya” hamda “Energetika va mashinasozlik” fakultetlari tashkil qilindi.
“Konchilik ishi va metallurgiya” fakultetida 2019-yil avgustgacha Abdusattorov D.N dekan vazifasini vaqtincha bajaruvchi sifatida faoliyat ko’rsatdi.
2019-yil sentyabrdan buyon “Konchilik ishi va metallurgiya” faklteti dekani vazifasida dotsent Y.P. Isomatov faoliyat ko’rsatmoqda.

Energetika va mashinasozlik fakulteti

1958-1961-yillar Toshkent politexnika institutining (ToshPI) Olmaliqda ochilgan maslahat maskaniga shahar reja qoʻmitasi raisi YU.S.Petrosov rahbar etib tayinlangan.
XX asrning 50-yillarida Oʻzbekistonda yirik metallurgiya zavodlarining qurilishi rejalashtirilgan boʻlib, 60-yillarda ushbu rejani amalga oshirish ishlari boshlab yuboriladi. Jumladan, Olmaliq kon-metallurgiya kombinati, “Oʻzbekoltin” birlashmasiga qarashli Chodak, Angren, Marjonbuloq oltin saralash fabrikalari, keyinroq esa Navoiy kon-metallurgiya kombinatlari qurildi. Bu davrda Bekobod metallurgiya zavodi, CHirchiq oʻtga chidamli va qiyin eruvchi metallar (volьfram va molibden) ishlab chiqarishga moʻljallangan kombinat faoliyat koʻrsatib kelayotgan edi. Ushbu zavodlarda ishlash uchun mutaxassislar – injener metallurglar tayyorlash davr talabiga aylangan edi. Bu vazifa Toshkent politexnika instituti (Xozirgi Toshkent davlat texnika universiteti) tarkibidagi Konchilik Fakultetiga yuklatiladi. Shu munosabat bilan 1961-yili Olmaliq shahrida kechki, 1962-yili Toshkentda kunduzgi boʻlimga “Rangli metallar metallurgiyasi” ixtisosligi boʻyicha abiturientlar qabul qilinib, injener metallurglar tayyorlash boshlab yuboriladi. Fakultet dekani dots. U.A. Isomuxammedov, dekan oʻrinbosari I.I.Inagʻamov boʻlgan. Rahbariyatning “Oliy oʻquv yurtlari ishlab chiqarish korxonalariga yaqin joylarga koʻchirilsin” degan buyrugʻiga binoan Toshkent politexnika instituti tarkibidagi kon-metallurgiya Fakulteti 1963-yil sentyabrida Olmaliq shahriga koʻchiriladi. Fakultet Olmaliqqa koʻchirilgandan keyin U.A. Isomuxammedov oʻquv ishlar boʻyicha prorektor lavozimiga oʻtkazilib, Olmaliqdagi fakultetga 1961-yil A.P.Turchits tayinlandi.
1963-1967-yillari Olmaliq kon metallurgiya fakultetining kunduzgi, kechki, sirtqi boʻlimlari tashkil etildi va texnika fanlari nomzodi, dotsent Ilhom Inagʻamovich Inagʻamov dekan vazifasida ish yuritdi.
1967-yilda Olmaliq kon metallurgiya fakultetining kunduzgi boʻlimi ToshPIga oʻtkazildi kechki, sirtqi boʻlimlarda Olmaliqda foliyat olib borildi.
1967-1976-yillarda texnika fanlari nomzodi Djaymagambetov Djetis Satxalievich dekan vazifasida ish yuritdi.
1976-1981-yillar Olmaliq KMF yana texnika fanlari nomzodi, dotsent Ilhom Inagʻamovich Inagʻamov dekan vazifasida ish yuritdi.
1981-1993-yillarda texnika fanlari nomzodi, dotsent Yusupxodjaev Anvar Abdullaevich dekan vazifasida ish yuritdi.
1993-1995-yillarda texnika fanlari nomzodi, dotsent Xolmatov Miraxmad Maxamadovich dekan vazifasida faoliyat olib bordi.

Olmaliq kon metallurgiya fakultetida 1961-1995-yillarda ishlagan professor -oʻqituvchilar B.A. Stepanov V.N.CHazov, R.SHaripkulov, B.V.Popova, V.Ivanova, N.Nexoroshov, A.Zubkov, L.CHazova, M.I.SHupak, S.Abduraxmanov, M.Askarov, A.YUsupxodjaev, A. Mutalov, M.Abduraxmonov, M.Mutalova, T.Maxmadiyorov, M.Xolmatov, M.YAkubov, A.Xasanov kabi mutaxassislar talabalarga saboq berganlar.

1995-yilda Olmaliq kon metallurgiya fakulteti Olmaliq davlat texnika kollejiga aylantirildi.
2000-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi sanoatining tez rivojlanayotgan kon-metallurgiya sohasi, asosan Olmaliq togʻ-metallurgiya kombinatining tegishli boʻlimlarini va qolaversa Respublika sanoatining togʻ-metallurgiya sohasini tayyorlangan malakali kadrlar bilan ta’minlash uchun Navoiy davlat konchilik instituti tarkibida Olmaliq kon-metallurgiya fakulteti tashkil etildi. Oʻsha vaqtda fakultetni tashkil qilishda quyidagi insonlar tashabbus koʻrsatishgan: Rossiya konchilik fanlari akademiyasi akademigi, texnika fanlari doktori B.R.Raimjonov, texnika fanlari doktori N.I.Kucherskiy, texnika fanlari doktori Q.S.Sanaqulov, texnika fanlari doktori, professor S.A.Abduraxmanov, texnika fanlari doktori YU.J.Norov, texnika fanlari doktori Oʻ.F.Nosirov, dotsent R.M.Qarshiev, dotsent A.M.Mutalov va Fakultetning birinchi dekani texnika fanlari doktori A.S.Xasanovlar.
Navoiy davlat konchilik instituti rektorining 02.08.2001-yildagi №1/68 sonli buyrugʻi bilan Olmaliq kon-metallaurgiya fakulteti ochilgan. 2001-yilda birinchi bosqichga talabalar oʻqishga qabul qilingan.

Professorlar



Shakarov Berkin Shakarovich - tarix fanlari doktori,  Islom Karimov nomidagi TDTU Olmaliq filiali Konchilik ishi kafedrasi professori

O‘zbekiston Respublikasida faoliyat olib borayotgan ko‘plab konchi-muhandislarning ustozi, o‘z ishining ustasi, hayot faoliyati davomida davlatimizning ham iqtisodiy, ham ijtimoiy yuksalishiga o‘zining munosib hissasini qo‘shgan salohiyatli muhandis Shakarov Berkin Shakarovich 1937 yil 7 fevralda Samarqand viloyati, G‘alla-orol tumani, Qo‘ytosh qishlog‘ida tug‘ilgan.  1954 yil shu qishloqdagi 4-sonli o‘rta maktabni a’lo baholar bilan tamomlagan. Shundan so‘ng Shakarov Berkin Shakarovich o‘z  bilimlarini yanada oshirish, yetuk mutaxassis bo‘lishi maqsadida oliy ta’lim muassasasiga yo‘l oladi.

1954 yil 1 sentabrda O‘rta Osiyo politexnika instituti Konchilik fakulteti talabalari safiga qabul qilindi. 1959 yil iyul oyida mazkur institutni tamomlab, “Foydali qazilma konlarini qazib olish” mutaxassisligi bo‘yicha kon injeneri diplomini olgan. 1959 yil 23 sentabrdan boshlab  Berkin Shakarovich Buxoro viloyati, Navoiy shahri pochta va yashik №3 korxonasida, yo‘llanma asosida, avvalo ochiq kon ishlarida burg‘ulovchi, keyinchalik ishlab chiqarish-texnik bo‘limida injener bo‘lib ish faoliyatini boshlagan.1960 yil avgust oyida  esa Buxoro viloyati, Tamdi tumani, Uchquduq shaharchasi 11-pochta va yashik korxonasi, 7-kon (rudnik) kon ustasi lavozimida ishlay boshladi.

1960 yil yanvar oyida Shakarov Berkin Shakarovich  Buxoro viloyati, Navoiy shahar komsomol komitetining 1-kotibi qilib saylandi. Shu vaqtda boshlab ustozimiz  faoliyatida yana bir yangi sahifa ochiladi. 1965 yil iyun oyida Shakarov Berkin Shakarovichga yuksak ishonch bildirildi, u  Buxoro viloyati, Zarafshon shahri, pochta va yashik №20 korxonasi, Muruntov tajriba kareri boshlig‘i qilib tayinlanadi. 1965 yil oktyabr  oyidan boshlab pochta va yashik №20 korxonasida  Texnika xavfsizligi  bo‘limi boshlig‘i, keyinchalik ishlab chiqarish texnik bo‘limi yetakchi injeneri vazifasida ishladi. 1967 yil yanvaridan boshlab Shakarov Berkin Muruntov karerida kon ishlarini boshlashga tayyorgarlik ishlari bilan shug‘ullandi. Shu vaqtda Uchquduqdan keltirilgan eKG-4.6 rusumli ekskovatorini va SBSh-200 rusumli sharoshkali burg‘ilash stanogining montaj ishlarini tugatib, Muruntov kareriga buldozerlar yordamida haydab kelindi.

Shunday qilib 1-portlatish ishlari Muruntov karerida Shakarov Berkin Shakarovich  boshchiligida 1967 yil 5 martda amalga oshirildi. Aynan mana shu sana davlatimiz oltin zahiralari tarixida alohida o‘ringa ega hisoblanadi.  O‘zbekiston Respublikasining bugungi kunda “Oltin sandig‘i” hisoblangan Muruntov konida ma’dan jinslarini qazib olish ishlari yuksak tajribaga va o‘ziga xos kasbiy mahoratga ega konchi muhandis  Berkin Shakarovich boshchiligida boshlangan.

1968 yil 30 yanvarda Shakarov Berkin Shakarovich Buxoro viloyati, Navoiy shahar Kommunistik partiya komitetining 2-kotibi qilib saylandi. Shu lavozimda u 1973 yil aprel oyigacha  ish olib bordi. 1973 yil aprel oyida Buxoro viloyati, Navoiy shahar xalq deputatlari kengashi ijroiya komiteti raisi lavozimiga saylanib, o‘z faoliyatini  davom ettirdi. 1975 yil 1 sentabrdan Moskvada sovet ittifoqi kommunistik partiya markaziy komiteti qoshidagi ijtimoiy fanlar akademiyasi, partiya qurilish kafedrasi aspiranturasida o‘qidi va 1978 yil iyun oyida nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli yoqlab, tarix fanlari nomzodi unvoniga sazovor bo‘ldi.

Shakarov Berkin Shakarovich  o‘qishdan qaytib kelgandan keyin 1978 yil avgust oyida Buxoro viloyati Buxoro shahar xalq deputatlari kengashi ijroiya komiteti raisi etib saylandi. Shu lavozimda u 1981 yil iyun oyigacha ishladi.

Shundan so‘ng O‘zbekiston Kommunistik partiyasi Markaziy Komiteti o‘quv muassasalari va fan bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida ishladi. U 1982 yil iyul oyida Jizzax viloyati Kommunistik partiyasi viloyat komitetining kotibi lavozimiga saylanadi va 1984 yil may oyigacha faoliyat yuritdi.

1984 yil may oyidan 1991 yil sentabr oyigacha O‘rta Osiyo pediatriya tibbiyot institutida sovet ittifoqi kommunistik partiyasi kafedrasi mudiri lavozimida ishladi. Shu vaqt mobaynida  Berkin Shakarovich  doktorlik dissertatsiyasini himoya qildi va 1991 yil iyun oyida tarix fanlari doktori unvoniga sazovor bo‘ldi.

B.Sh.Shakarov 1991 yil sentabr oyidan 1999 yilgacha Jizzax viloyatida Toshkent Politexnika instituti qoshidagi injener-texnik xodimlarning malakasini oshirish instituti Marjon buloq filiali direktori, G‘alla-orol tumani Qo‘ytosh koni direktori, Marjon buloq oltin qazib olish konining bosh muhandisi lavozimlarida ishladi. 1999 yil yanvar oyidan boshlab   Olmaliq kon-metallurgiya kombinati boshqarmasida texnika xavfsizligi bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari, 1999 yil iyundan  Qalmoqqir koni bosh muhandisi lavozimida ishladi.

Shakarov Berkin Shakarovich  Qalmoqqir koni bosh muhandisi sifatida konning rivojlanishiga katta hissa qo‘shdi. Uning boshchiligida burg‘ulash, portlatish ishlarining samadorligini oshirishda katta ijobiy o‘zgarishlar,  temir-yo‘l transportidan foydalanish, ekskovatorlarning unumdorligini

oshirish kabi qator texnologik ishlar amalga oshirildi.

2007 yil 1 oktabrdan 2015 yil 1 avgustgacha o‘z faoliyatini Olmaliq kon-metallurgiya kombinat boshqarmasi konchilik ishlari bo‘limida 1-darajali tog‘ injeneri lavozimida davom ettirdi. Shu vaqt ichida ustoz tomonidan Qalmoqqir va Sari-Cho‘qqi karerini modernizatsiyalash loyihalarining texnologik qismlari ishlab chiqildi va uning ishtirokida amalga oshirildi. Buning natijasida Qalmoqqir koni yillik ishlab chiqarish quvvati 26,5 mln. tonnadan 30 mln. tonnagacha ko‘paydi. Sari-cho‘qqi kareri yillik ishlab chiqarish quvvati 1 mln. tonna rudaga oshdi.

2015 yil 18 sentyabrda Shakarov Berkin Shakarovich Novoiy kon-metallurgiya kombinati davlat unitar korxonasi Navoiy  davlat konchilik instituti Olmaliq kon-metallurgiya  fakulteti Konchilik ishi kafedrasi mudiri lavozimida talaba yoshlarga sohaning sir-asrorlarini o‘rgatish va yetuk muhandis kadrlar tayyorlashdek sharafli faoliyatni bajarishga kirishdi. 2017 yil davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan mazkur oliy ta’lim muassasasi o‘rnida tashkil etilgan Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filiali Konchilik ishi va metallurgiya fakulteti Konchilik ishi kafedrasida hozirgi kunda professor lavozimida  mehnat faoliyatini yuritmoqda. O‘z kasbining yetuk mutaxassisi, jonkuyar ustoz Shakarov Berkin Shakarovich talaba yoshlar uchun o‘qish davomida zarur bir qancha o‘quv qo‘llanmalarini yaratdi.  Shuningdek, xalqaro va  respublika ilmiy jurnallarida chop etilgan ilmiy maqolalarning muallifi hisoblanadi.

Shakarov Berkin Shakarovich 4 o‘g‘ilning otasi, 5 nafar nevaraning suyukli buvasi.Ustozning farzandlari ham bugungi kunda davlatimizning o‘ziga xos salohiyatiga ega bo‘lgan ishlab chiqarish birlashmasi hisoblangan Olmaliq kon-metallurgiya kombinati AJ da mas’ul lavozimlarda ishlab kelmoqda. Qariyb 85 yoshni qarshi olgan ustoz Shakarov Berkin Shakarovich bugungi kunda ham Konchilik ishi kafedrasi jamoasining ilmiy va pedagogik ishlariga bosh-qosh bo‘lib kelmoqda.Ustozning shogirdlari  respublikamizning turli ishlab chiqarish korxonalarida shuningdek, Konchilik ishi kafedrasida o‘zining ilmiy izlanishlarini Shakarov Berkin Shakarovichning maslahat-u o‘gitlari ostida olib borishmoqda.

Soyib Abduraxmanov - texnika fanlari doktori, Professor - Islom Karimov nomidagi TDTU Olmaliq filiali Metallurgiya kafedrasi professori

O‘zbekiston metallurgiya sanoatining bilimdoni, sohaning yetuk mutaxassis olimi sifatida Soyib Abduraxmonov ilm-fanda o‘ziga xos maktab yaratgan ustozlardan hisoblanadi.  1945 yil Andijon viloyati Shahrixon tumanida oddiy ishchi oilasida tug‘ilgan S.Abduraxmonov 1961-1966 yillar davomida O‘rta Osiyoda eng nufuzli oliy o‘quv dargohi - Toshkent politexnika instituti talabasi sifatida ilm-fan sari birinchi qadamlarini qo‘yadi.

1966-1971 yildan ToshPIning Rangli metallar metallurgiyasi kafedrasida o‘rganuvchi assistent,1973yildan katta o‘qituvchi, 1976 yildan dotsent lavozimlarida ishlay boshladi. U 1977 yildan 1995 yilgacha uzluksiz ravishda kafedra mudiri lavozimlarida faoliyat olib bordi. 1972 yilda “Oqava suvlar tarkibidagi simobni ionli flotatsiya usulida ajratib olish” mavzusida fan nomzodligi dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi.

1996 - 1997 yillarda NKMKga qarashli tashkilotlardan o‘nlab yangi zamonaviy yarim sanoat miqyosida ilmiy tajribalar olib borishni ta’minlay oluvchi jihozlar institutga keltirilib ishga tushirilishida S.Abduraxmonovning sa’’y-harakatlarini alohida ta’kidlash joiz. “O‘zbekiston konchilik xabarnomasi” ilmiy-texnik jurnalini tashkil qilishda va shakllanishida olim o‘z hissasini qo‘shgan. Institut kutubxonasini darsliklar bilan to‘ldirishda jonbozlik ko‘rsatdi. U rahbarlik, tashkiliy ishlar va o‘quv jarayonlarini yaxshilash bilan bir qatorda  ilmiy ishlarini rivojlantirib, 1997 yilning 19 dekabrida NDKIning doktorlik dissertatsiyalarini himoya qilish bo‘yicha ixtisoslashgan kengashida ilmiy ishini muvaffaqiyatli himoya qildi. Soyib Abduraxmonovning himoya ishi O‘zbekistonda metallurgiya sohasi bo‘yicha bajarilgan  birinchi doktorlik himoyasi hisoblanadi.

Ilm-fan taraqqiyoti yo‘lida amalga oshirgan mehnatlari 1997 yilda “Shuhrat” medali bilan mukofotlandi.

2000 yilda S. Abduraxmonov professor ilmiy unvoniga ega bo‘ldi. Shuningdek, Navoiy davlat konchilik instituti, Toshkent kimyo texnologiya instituti va Olmaota shahridagi “Metallurgiya va boyitish” ilmiy tekshirish institutlari qoshidagi dissertatsiyalarni himoya qilish ixtisoslashgan ilmiy kengashlari a’zosi hamda O‘zbekiston Oliy attestatsiya qo‘mitasining ekspertlar kengashi a’zosi sifatida  faoliyat yuritdi.

S. Abduraxmonov ish faoliyati davomida mingdan ortiq injener, bakalavr va magistrlar tayyorlashda faol qatnashdi. Uning rahbarligida 7 ta nomzodlik, 1 ta doktorlik dissertatsiyalari himoya qilindi, o‘nlab dissertatsiyalarga opponentlik qildi.

Professor S.Abduraxmonov  2015-2017 yillarda oliy o‘quv yurti talabalari uchun “Gidrometallurgiya jarayonlari nazariyasi va dastgohlari” nomli darslik, 20 dan ortiq o‘quv va uslubiy qo‘llanmalar, 250 ga yaqin ilmiy maqolalar jumladan, 2 ta monografiya yaratdi hamda 22 ta mualliflik guvohnomasi va patent muallifidir.

Soyib Abduraxmonov metallurgiya sohasining eng ilg‘or va tajribali texnika fanlar doktori, professorlaridan biri hisoblanadi. U faoliyat ko‘rsatayotgan oliy o‘quv yurti filiali oxirgi 5 yilda respublikadagi oliy o‘quv yurtlari o‘rtasida konchilik-metallurgiya va sifatli kadlar tayyorlash yo‘nalishida reyting ko‘rsatkichi bo‘yicha yuqori o‘rinlarni egallab kelmoqda. Uning rahbarlik faoliyati davomida oliy o‘quv yurtida o‘quv samaradorligi va bilim sifati yaxshilanib borgan.

S.Abduraxmonovning ilmiy-tadqiqotlarini quyidagi yo‘nalishlarga ajratish mumkin:

Qizilqum yonuvchi slaneslaridan foydali moddalarni to‘liq ajratib olish texnologiyasini yaratish(1987-1992 y.);  Angren kaolin rudalarini qayta ishlash va sifatli kaolin boyitmasini olishni tadqiq etish (1993-1994 y.); Murakkab tarkibli oltin rudalaridan noan’anaviy usul bilan oltin ajratib olish texnologiyasini tadqiq etish (1995-1999 y.); Molibden boyitmalaridan misdan tozalash muammosini hal etish (1999-2002y.);  Qizilqum fosforit rudalarini boyitish texnologiyasini yaratish (2002-2004 y.)

  Ellik yildan ortiq vaqt mobaynida ilm-fan taraqqiyoti yo‘lida  o‘z iqtidori, bilimi, mehnati  bilan katta ilmiy maktab yaratgan Soyib Abduraxmonov hayoti haqiqiy fidoyilik namunasidir. Ustoz hozirgi kunda  qutlug‘ yoshida ham talabalarga bilim berish hamda   kon-metallurgiya kombinati  chiqitlarini qayta ishlash muammolari bilan mashg‘ul.

Sabirov Vahobjon Xusanovich - kimyo fanlari doktori, Islom Karimov nomidagi TDTU Olmaliq filiali professori

Sabirov Vahobjon Xusanovich 1950 yil 15 mayda Marg‘ilon shahrida hunarmand oilasida tug‘ilgan. U maktabni kumush medal bilan tugallab, 1967 yili Toshkent davlat universitetining fizika fakultetiga ӯqishga kirgan va 1972 yili universitetni nazariy fizika mutaxassisligi bӯyicha bitirgan.

Mehnat faoliyatini shu yili O‘zFAning Yadro tadqiqotlari institutining nazariy fizika bӯlimida katta laborant lavozimidan boshlagan. Keyinchalik u ӯz faoliyatini O‘zbekiston Fanlar Akademiyasining Elektronika, Bioorganik kimyo va Fizika-texnika institutlarida davom ettirdi. 1979 yildan boshlab Toshkent farmasevtika instituti kichik ilmiy xodim lavozimida ishlay boshlagan. 1980 – 1983 yillari u Moskvadagi SSSR FA ning elementoorganik institutida ilmiy stajirovkada bӯlgan. Uning ilmiy yӯnalishi V vitaminlari va ularning analoglarining d-metallar bilan kompleks birikmalari kristall tuzilishini ӯrganishga bag‘ishlangan. U mis(II)ning vitamin V bilan kompleks birikmalarini  birinchi bӯlib sintez qildi va ularning kristall tuzilishini rentgen nurlari difraksiyasi metodi bilan ӯrgandi.

V. X. Sabirov 1987 yildan boshlab, ӯz pedagogik faoliyatini Angren shahridagi Toshkent viloyat davlat pedagogika institutida davom ettirdi. U  institutda katta ӯqituvchi, fizika kafedrasi dotsenti, kimyo kafedrasi mudiri, tabiiy-geografiy fakulteti dekani, ilmiy ishlar va axborot texnologiyasi bӯyicha rektor muovini lavozimlarida ishlab keldi.

U 1991 yildan Moskvadagi SSSR FAning Umumiy va anorganik kimyo institutida maqsadli doktoranturada ӯqidi. Bu yerda RF akademiklari Yu. T. Struchkov va M. A.Poray-Koshis rahbarligida doktorlik dissertatsiyasi ustida ishladi va 1994 yili Toshkentda muvaffaqiyatli himoya qildi. Shu yili u Soros granti hisobidan Amerika Qӯshma Shtatining Atlanta shahrida ӯtkazilgan Amerika kristallograflarining anjumanida vitamin V1 molekulasining zaif ta’sirlari  haqida ma’ruza qildi.

Sabirov V. X. 2004 - 2019 yillar orasida Chimkentdagi Janubiy Kozog‘iston pedagogika universitetida, M. Auezov nomidagi Janubiy Kozog‘iston davlat universitetida, Xalqlar dӯstligi va Chimkent universitetlarida professor lavozimida faoliyat kӯrsatdi. 

2015-2017 yillarda  aholi orasida temir va V vitaminlari tanqisligiga qarshi oziq-ovqat qӯshimchalarini ishlab chiqarish bӯyicha Qozog‘iston Respublikasi davlat granti asosida ilmiy loyihani bajardi. Ilmiy natijalari bӯyicha Qozog‘iston universitetlarining pedagogik olimlari orasida ӯtkazilgan tanlovda 41-ӯrinni egallab, Top-50 guruhiga kirdi.

2017 yili Ispaniyaning Madrid shahrida ӯtkazilgan Farmatsiya-17 ilmiy anjumanida inson organizmda temir kamchilligi kamqonligining oldini olish va davolash  bӯyicha ma’ruza qildi.

Professor V. X. Sabirov 2018 yili Moskvada ӯtkazilgan akademik Yu. T. Struchkov xotira anjumanida ilmiy ma’ruza qildi va Yu. T. Struchkov xotira medali bilan mukofotlandi. Ilmiy anjumanda majlis raisligi vazifasini bajarish u uchun faxrli vazifa bӯldi. Ushbu anjumanda olim ayrim sulfatlarning qattiq eritmalarini rentgenstrukturaviy tadqiqotlari bӯyicha ma’ruza qildi. U temirning ayrim qattiq eritmalarida 4 sulfat aniontntng bir holatda bӯlishini,  qolgan 4 anionning 2 xil orientatsiya olishini kӯrsatdi. Shu bilan birga  olim tarkibida 2+ va 3+ valentlik temir ionlari bӯlgan tӯrtlamchi sulfat – voltait haqida ham ahborot berdi. Bu ma’ruzada kristaldan sochilgan rentgen reflekslari orasida fazoviy gruppaga xos bӯlmagan reflekslar kristallardagi tartibsizliklar bilan bog‘liq ekanligi kӯrsatildi. 

2019 yildan Qozog‘istondan O‘zbekistonga qaytgach, u qisqa muddat Olmaliqdagi MISiS (Moskva pӯlat va qotishmalar instituti)da, Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnik universitetining filialida professor lavozimida ishladi. 2020 yildan bir yillar chamasi O‘zbekiston Fanlar Akademiyasining Umumiy va noorganik kimyo institutlarida bosh ilmiy xodim lavozimlarida ishladi. Bioorganik kimyo institutida ӯrindosh sifatida xizmat qilib, institutning yosh olimlariga ӯz tajribasi bilan yordam berib, institut salohiyatga ӯz ulushini qӯshdi. Uning antivirus dori favipiravirning amin guruhli molekulalar bilan anion tarzida kokristallar hosil qilishi yapon olimlarining maqtoviga sazavvor bӯldi. Chunki bu holat fanda birinchi marta topilgan  edi. Bu mavzudagi maqola Yaponiyaning ilmiy jurnalida bosilib chiqqach, olim boshqa ilmiy jurnallardan xatlar va ushbu yӯnalishdagi ilmiy tadqiqotlar natijalarini chop qilish taklifini oldi.

Kimyo fanlari doktori, professor Sabirov V.X. ingliz tilida chop qilingan “Introduction to Quantum Chemistry. Shymkent: University, 2007, -170 P.” va “Bases of the Chemical kinetics and catalysis . Shymkent: University. – 2009. -134 r.” kvant kimyosidan va kimyoviy kinetikadan darsliklar tayyorlagan. U 120 dan ortiq ilmiy maqola va ma’ruzalar muallifi. Shulardan uchdan biri Skopus va Web of Sciene, Tomson-Reyter bazalariga kiradigan jurnallarda chop kilingan. Uning Xirsh indeksi 8 teng.

Uning ilmiy yutuqlari Ameriki biografiya institutining: «Dunyo faniga ta’sir kӯrsatgan 1000 olim. 2001 yil», ««Dunyo faniga ta’sir kӯrsatgan 500 olim. 2002 yil»,  «American Honor Medal» faxriy medallari bilan hamda 2003 va 2005 yillari Xalkaro biografiya institutining (Oksford) bir qator medallari bilan taqdirlangan.

Sabirov Vahobjon Xusanovich  hozirda universitet talabalariga fizika asoslaridan dars bermoqda.

Yakubov Maxmudjon Maxamadjonovich - texnika fanlari doktori, Islom Karimov nomidagi TDTU Olmaliq filiali Metallurgiya kafedrasi professori

Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filialida o‘zining ish faoliyatini olib borayotgan texnika fanlari doktori, professor  Yakubov Maxmudjon Maxamadjonovich metallurgiya sohasining yetuk olimi, benazir insoniy fazilatlari  bilan minglab kishilar qalbidan joy olgan ustoz sanaladi.

Yakubov Maxmudjon Maxamadjonovich 1951 yil  8 dekabrda Toshkent shahrida ziyolilar oilasida tug‘ilgan. Uning ilmiy, ilmiy-pedagogik, jamoat ishlari quyidagi yillardan boshlanib,  hozirgi kungacha davom etmoqda: ustoz 1969-1974 yillarda Toshkent politexnika institutida tahsil olgan. 1974-1978 yillarda Toshkent politexnika instituti «Rangli metallar metallurgiyasi» kafedrasi muhandisi bo‘lib ishladi. 1979-1982 yillarda Moskva shahrida “Moskovskiy institut stali i splavov” institutida aspiranturani tamomlab, texnika fanlari nomzodligi bo‘yicha ilmiy ish dissertatsiyasini yoqlagan. 1982-1995 yillarda Toshkent politexnika institutida «Rangli metallar metallurgiyasi» kafedrasi assistenti,  kafedra dotsenti lavozimida ishlagan. 1995-2003 yillarda “O‘zbekiston qattiq qotishmalar va o‘tga chidamli metallar” kombinatida tashqi ishlar bo‘limi boshlig‘i, bosh direktor o‘rinbosari, bosh muhandis, bosh direktor lavozimlarida ishladagan. 2003-2005 yillarda Toshkent davlat texnika universiteti «Rangli metallar metallurgiyasi» kafedrasi mudiri lavozimida faoliyat yuritgan. 2005-2008 yillarda Toshkent davlat texnika universiteti moliya-iqtisodiyot ishlari bo‘yicha prorektor lavozimida ish olib bordi.  2008-2009 yillarda mazkur oliy ta’lim dargohida  «Geologiya va konchilik ishi» fakulteti dekani bo‘lib ishlagan.  2009-2011 yillarda  M.Gubkin nomidagi   Neft va gaz Rossiya davlat universitetining Toshkent shahridagi filialida ijrochi direktori, 2011-2020  yillarda TDTU qoshidagi «Fan va tarakkiyot» davlat unitar korxonasining Innovatsiya texnologiyalari bo‘yicha rais muovini,  “Kompozitsion rangli metallar texnologiyasi” laboratoriya mudiri bo‘lib ishlagan. 2020 yildan boshlab hozirgi kungacha Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filialining professori  lavozimida ishlab kelmoqda.

Maxmudjon Maxamadjonovich iqtidorli yoshlarni ilm-fanga, ilmiy-tadqiqot ishlariga jalb etishga alohida e’tibor qaratadi. Talaba-yoshlarni Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash, ularda chin insoniy fazilatlarni shakllantirishda  ustoz o‘zining yuksak fazilatlari bilan chin ma’noda katta hayot maktabini yaratgan. Oliy ta’lim tizimida ko‘p yillik samarali va fidokorona mehnati  bilan ilm ahli, hamkasblari, shogirdlarining chuqur hurmatiga sazovor bo‘lgan insondir.Ustoz bugun  uch nafar farzandi va nabiralari ardog‘ida.

Yakubov Maxmudjon Maxamadjonovich  hozirgi vaqtda "Olmaliq KMK" AJ da mis va qimmatbaho metallarning hosilini oshirish uchun mis ishlab chiqarish texnologiyasini takomillashtirish va  metallurgiya sanoatining texnogen chiqindilarini jalb qilish va qayta ishlash yo‘li orqali  samaradorligini oshirish  bo‘yicha ilmiy izlanishlar olib bormoqda. Ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarish muddati 2009 yildan 2021 yilgacha bo‘lib, quyidagi dasturlar doirasida bajarilgan: O‘zbekiston Respublikasi Fan va texnologiyalar davlat qo‘mitasining davlat dasturlariga muvofiq ilm-fan va texnologiyalarni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlariga muvofiq GNTP 5-042 «Metallurgiya sanoatida ishlab chiqarishida mis, oltin, kumush ajratib olish darajasini oshirish samarali texnologiyasini ishlab chiqish» (2009-2011y.); IK-09-08/1 "Eritish agregatlarining imkoniyatlaridan foydalangan holda, shlak chiqindilarda mis, oltin va kumush tarkibini kamaytirish texnologiyasini ishlab chiqish va rivojlantirish" (2009-2010y.); F-7-37 "Ishlab chiqarishni intensivlashtirish va rentabelligini oshirish maqsadida rangli metallurgiya shlaklik eritmalaridagi jarayonlarning fizik-kimyoviy qonuniyatlarini kompleks o‘rganish" (2012-2016y.); F-7-91 fundamental loyihasi «Rangli metallurgiya chiqindilaridan foydalanib mis va rux metallarining unumini oshirishga qaratilgan metallurgik jarayonlarining fizik kimyoviy qonuniyatlari tadqiqoti» (2017-2020y.).

M.M.Yakubov tomonidan bajarilgan ilmiy-tadqiqot ishlari "Olmaliq KMK" AJ va "Fan va tarrakiyot" DUK o‘rtasida tuzilgan xo‘jalik shartnomalari doirasida ham amalga oshirilgan: 2009 yil 6 oktyabrdagi 02-2837-sonli, 2011 yil 29 apreldagi 02-1675 yur-sonli shartnomalar asosida "Konverter shlakdagi mis tarkibini kamaytirishning samarali texnologiyasini ishlab chiqish va joriy etish" ilmiy-texnik mahsulotlarini yaratish uchun,  2012 yil 15 iyundagi 02-2088 yur, 2013 yil 23 apreldagi 02-1461-son "Mis ishlab chiqarishning chiqindisiz, energiya va resurslarni tejaydigan ekologik toza sof texnologiyasini joriy etish" ilmiy-texnik mahsulotlarini yaratish. 25.05.2017 yildagi 02-1851 yur-sonli shartnoma asosida "Avtogen pechlarning mis shteynni konverter qilish natijasida olingan konvertor shlaklarini kambag‘allashtirish". Olib borilgan  nazariy, eksperimental tadqiqotlar va ishlab chiqarish sinovlari natijalari 186 ta ilmiy ishda, shu jumladan 3 monografiya, 2 o‘quv qo‘llanma, 1  mualliflik guvohnomasi va 3 ta O‘zbekiston Respublikasining patentlari bilan himoyalangan. Ushbu keltirilgan ilmiy-tadqiqot ishlar I.Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti  qoshidagi "Fan va Taraqqiyot" davlat unitar korxonasida M.M.Yakubov rahbarligida va bir guruh olimlar ishtirokida bajarilgan.

Tarkibida rangli, nodir metallar va boshqa qimmatbaho moddalarga boy bo‘lgan metallurgiya sanoati texnogen chiqindilarini  qayta ishlashga jalb qilish ishning natijalaridan biri “Olmalq KMK” AJ da 2013 yilda yallig‘-qaytaruvchi (otrajatelnaya pech) pechda joriy etilgan. Bu ilmiy-tadqiqot ishi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yilda faxriy yorlig‘i bilan taqdirlangan va Adliya vazirligi huzuridagi intellektual mulk agentligining 2013 yildagi «Respublikaning eng yaxshi ixtirosi» deb e’lon qilingan.

Bundan tashqari metallurgiya sanoati texnogen chiqindilarini  qayta ishlashga jalb qilishni, boshqa pechlarda tadqiqot ishlarni bajarish, konverterlash jarayoniga joriy etilishi uchun yo‘lga qo‘yilgan. Ishlab chiqilgan va joriy etilgan texnologiya natijasida “Olmaliq KMK” AJ 2020 yilda Vanyukov pechida yiliga qo‘shimcha 792,584  tonna mis, 2021 yilda 43,3935 kg oltin va 10915,68 kg kumush ishlab chiqarildi va buning natijasida iqtisodiy samara 15 mln AQSh dollarini tashkil etilishini aniqlab berdi.

Hozirgi vaqtda Yakubov M.M. “Kompozitsion materiallar” ilmiy-texnikaviy va amaliy jurnalda tahririyat jamoasining a’zolaridan biridir. Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti «Fan va tarqqiyot» davlat unitar korxonasi huzuridagi DSC.03/30.12.2019.K/T.03.01raqamli Ilmiy kengashning va Navoiy davlat konchilik instituti huzuridagi DSs.17/30.12.2019.T.06.01 raqamli Ilmiy kengashning a’zosi. Uning rahbarligi ostida bajarilgan ilmiy izlanishlar va tadqiqotlar natijasida  ikki nafar texnika fanlari doktori, 1nafar texnika fanlari nomzodi, ikki nafar texnika fanlar bo‘yicha falsafa doktori, 50 ortiq magistrlar tayyorlangan

Samadov Alisher Usmonovich - texnika fanlar doktori, professor, Islom Karimov nomidagi TDTU Olmaliq filiali direktori

Inson muvaffaqiyatining siri mehnatda yashiringan. O‘z oldiga aniq maqsadlar qo‘yib, hayotning har lahzasini qadrlab g‘ayrat bilan mehnat qilib  olg‘a intilgan inson, albatta, qadr topib, e’zozlanadi. Bilimi va ma’rifatiga uyg‘un ravishda amal qiladigan kishi haqiqiy ziyolidir, bunday inson  aql nuri bilan atrofni yoritadi, ko‘pning ko‘ngliga yorug‘lik ulashadi.

Texnika fanlari doktori, professor Samadov Alisher Usmanovich mamlakatimizning metallurgiya sohasida boy ilmiy tajribaga ega yetuk mutaxassis olim sifatida qadrlanadi.   Bugun insoniy fazilatlari hamda o‘ziga xos g‘ayrat-shijoat, tinimsiz mehnat va doimiy ijodiy izlanishi bilan   ko‘p qirrali fidoyi rahbar – Alisher Usmanovich jamiyat rivojiga munosib hissa qo‘shayotgan zamondoshlarimizdan biridir.

Samadov Alisher Usmanovich 1966 yil 2 noyabrda Samarqand viloyati Paxtachi tumanida ziyoli oilada tug‘ilgan. 1986 yil muddatli harbiy xizmatni o‘tab kelgandan so‘ng 1987 yildan Toshkent politexnika instituti talabalari safida ta’lim olib, ilm-fan sari dastlabki qadamlarini qo‘yadi. 1995 yilda   Toshkent davlat texnika universiteti aspirantura bo‘limini tugallaydi. Shundan so‘ng Toshkent shahar Iqtisodiyot va ishlab-chiqarish kuchlarini rivojlantirish ilmiy-tadqiqot institutida katta ilmiy xodim, 2006 yildan to 2012 yilgacha Toshkent shahar “Fonon” ilmiy ishlab chiqarish birlashmasida  ishlab chiqarish bo‘yicha direktor lavozimigacha bo‘lgan vazifalarda ishlab keldi. 2012 yildan 2017 yilgacha Toshkent davlat texnika universiteti  magistratura bo‘limi boshlig‘i, metallurgiya kafedrasi dotsenti lavozimlarida mehnat qildi.

Bu davrga kelib mamlakatimizdagi katta miqyosda boshlangan islohotlar natijasida tog‘-kon sanoatiga ham alohida e’tibor berila boshlandi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 27 iyul “Toshkent viloyatida sanoat-ishlab chiqarish sohasi uchun muhandis-texnik kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3153-sonli Qaroriga muvofiq Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filiali  tashkil etildi. Tegishli buyruq asosida Samadov Alisher Usmanovich mazkur filial direktori lavozimida tasdiqlandi.

Mamlakat iqtisodiyotining ulkan tarmog‘i – tog‘-kon sanoati yangi zamonaviy talablar asosida rivojlantirilishi, modernizatsiya qilinishi talab etilmoqda. Bu talab  o‘z navbatida sohani kuchli bilimga ega, mehnat bozorida raqobatbardosh yetuk mutaxassislar bilan ta’minlash vazifasini oliy ta’lim tizimiga yuklagan. Yangi tashkil etilgan oliygohda ta’lim jarayonini tashkil etish, ilmiy faoliyatni rivojlantirish, ma’muriy-xo‘jalik masalalarini hal etish rahbardan to‘g‘ri va tez qaror qabul qilish malakasini, masalani chuqur o‘rganish, taraqqiyot konsepsiyasini izchil yuritishni talab etar edi. TDTU Olmaliq filialining 2017 yildan to bugungi 2022 yilgacha bo‘lgan faoliyati sarhisobi o‘ziga yarasha salmoqqa ega. Filial talabalari soni 800 nafardan 4 ming nafarga yetkazildi. Filial 3 ta - Olmaliq shahridagi 2 ta, Ohangarondagi 1 ta binoda faoliyat yuritmoqda. Ilmiy salohiyat 21 foizdan 35 foizga ko‘tarildi. Oliygohning moddiy-texnik ta’minotini yaxshilash, yangi zamonaviy kompyuter va texnik vositalar, ilmiy va o‘quv adabiyotlari bilan ta’minlash borasida katta ishlar amalga oshirildi. Xitoy, Belorus Respublikasi, Rossiya Federatsiyasidagi yetakchi oliy ta’lim muassasalarining ilg‘or tajribalarini o‘rganish va filial faoliyatiga tadbiq etish bo‘yicha rejali ishlar olib borildi.  Bugungi kunda Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filiali oliy ta’lim tizimi islohotlarini joriy etishga  qodir salohiyatli, aniq rivojlanish konsepsiyasiga ega oliy ta’lim dargohiga aylangan.

Yangi tashkil etilgan oliy ta’lim muassasasi faoliyatini yuritish bilan birga Alisher Usmanovich ilmiy-tadqiqot ishlarini ham uzviy olib bordi. Ustoz yuzdan ortiq injener, bakalavr va magistrlar tayyorlashda faol qatnashdi. Filialda 2ta fan doktori, 10 nafar falsafa doktori (PhD)  ilmiy ishlari himoyasi bo‘lib o‘tdi, 12 nafar professor-o‘qituvchi dotsentlik darajasini oldi.  Ustoz so‘nggi uch yil mobaynida 12 ta bakalavr bitiruv malakaviy ishiga, 10 ta magistrlik dissertatsiyasiga rahbarlik kildi. Ular hozirgi kunda respublikamiz kon-metallurgiya sanoati korxonalarida va oliygohlarda o‘z mehnat faoliyatini davom ettirib kelishmokda.

A.Samadov tomonidan 2016-2022 yillarda oliy o‘quv yurtlarining “Metallurgiya” yo‘nalishi taalabalari uchun mo‘ljallangan 3 ta o‘quv qo‘llanma,   20 dan ortiq uslubiy qo‘llanmalar tayyorlandi. Bundan tashqari 50 dan ortiq ilmiy maqolalar, 3 ta monografiya, 2 ta ixtiroga patent, 5 ta EHM uchun dastur muallifidir. Shulardan 20 dan ortig‘i kon-metallurgiya sanoati chiqindilarini qayta ishlash, xom-ashyodan kompleks foydalanish bo‘yicha olib borilgan ilmiy izlanishlar natijasidir. A.Samadov rahbarligi ostida 3 nafar shogirdi texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy ishini muvaffaqiyatli himoya qildi. Ustoz 3 nafar mustaqil tadqiqotchining ilmiy ishiga, talabalar ilmiy izlanishlariga rahbarlik kilmoqda. Shuningdek,  PZ-20170929768 raqamli «Qimmatbaho komponentlarni ajratib olish maqsadida mis ishlab chiqarish shlaklarini qayta ishlash texnologiyasini yaratish» mavzudagi davlat tomonidan moliyalashtiriladigan ishga rahbar,  № 02-1853 yur raqamli «Olmaliq KMK kuporos sexi eritmalaridan nikelni ajratib olish texnologiyasini yaratish» va  №02-1852 yur raqamli «Olmaliq KMK rux ishlab chiqarish zavodi keklaridan qimmatbaho komponentlarni noan’anaviy usulda ajratib olish texnologiyasini yaratish» mavzularidagi xo‘jalik shartnomasi bo‘yicha olib borilayotgan izlanishlarda ilmiy xodim sifatida faoliyat olib bormoqda.  

Alisher Usmanovich hozirgi kunda magistratura yo‘nalishi  talabalariga “Og‘ir rangli metallar metallurgiyasi”, “Ikkilamchi metallurgiya asoslari”, “Rangli metallurgiyada yangi texnologiyalarning ilmiy asoslari” fanlaridan ma’ruza, tajriba va amaliy dars mashg‘ulotlarini olib borishda zamonaviy pedagogik va informatsion texnologiyalardan foydanib kelmoqda.

Alisher Usmanovich rahbarlik, tashkiliy ishlar va o‘quv jarayonlarini yaxshilash bilan bir qatorda ilmiy-tadqiqot  ishlarini rivojlantirib, 2017 yilning   4 oktyabrida Navoiy davlat konchilik instituti va Toshkent davlat texnika universiteti huzuridagi ilmiy darajalar  beruvchi DSc.27.06.2017.t.06.01 raqamli Ilmiy kengashda “Kon-metallurgiya sanoatida hosil bo‘lgan texnogen mahsulotlarni qayta ishlashga kompleks yondashishning o‘ziga xos xususiyatlari” mavzusida doktorlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasining 2022 yil 31 maydagi qaroriga asosan Samadov Alisher Usmanovich “Foydali qazilmalarni boyitish” ixtisosligi bo‘yicha professor ilmiy unvonida tasdiqlandi.

Alisher Usmanovich tashabbusi bilan filial jamoasi, talabalari ishtirokida “Mehr ulashing”, “Bir kunlik talaba”, “Professor ta’lim olgan maktab” kabi loyihalar amalga oshirilgan. Filialning ijodkor professor-o‘qituvchilari, talabalari ijodiy asarlari jamlangan almanax –“Olmaliq ohanglari” kitobi ham  ana shunday tashabbuslardan biridir.

Alisher Usmanovich  1997 yil Ulug‘bek nomidagi iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash O‘zbekiston jamg‘armasining texnika yo‘nalishi bo‘yicha mukofoti laureatidir. 2019 yili 3-darajali “Konchilik shuhrati” nishoni, O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligi munosabati  bilan ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz