Islandiya ayollar ligasi




Islandiya ayollar ligasi (island tilida: Besta deild kvenna) Islandiyadagi ayollar futbolining eng yuqori ligasidir. Islandiya ayollar ligasida UEFA Ayollar Chempionlar Ligasida ishtirok etish huquqini beruvchi chempionlikni aniqlash uchun ikki davrali tizimda (uy va safar uchrashuvlari) o'ynaydigan 10 ta jamoa mavjud. 2022-yilgi mavsumgacha Islandiya ayollar ligasi Urvalsdeild kvenna deb nomlangan. 2022-yilgi mavsumga kelib Islandiya ayollar ligasining brend nomi Besta deild kvenna sifatida qayta nomlangan.

Tarixi



Islandiya ayollar ligasi 1972-yilda boshlangan. Islandiya ayollar ligasining ilk mavsumida (1972-yil) sakkizta jamoa ikki guruhga bo'lingan. Ilk mavsumdagi har bir guruhning eng yaxshi jamoalari FH va Ármann bo`lishgan va ular Islandiya ayollar ligasi g`olibini aniqlash uchun o`zaro final uchrashuvini o`tkazishgan. Islandiya ayollar ligasining ilk mavsum final o`yinida FH jamoasi 2:0 hisobida g'alaba qozondi. 1976-yilda faqat beshta jamoa Islandiya ayollar ligasida ishtirok etish uchun ro'yxatdan o'tdi, shuning uchun guruh tartibi bekor qilindi va buning o'rniga jamoalar bitta diviziya (guruh)da uy va safar o'yinlari bilan o'ynashdi. Islandiya ayollar ligasining keyingi mavsumlarida mashg'ulotlar yo'qligi, mashg`ulotlar o`tkazish uchun maxssus maydonlariga kirish imkonining yo'qligi va futbolni ayollar o`rtasida rivojlantirish bo`yicha yoshlar dasturlari kam yoki umuman yo'qligi sababli borgan sari kamroq va kamroq jamoalar ishtirok etdi. 1980-yilda Islandiya ayollar ligasida atigi uchta jamoa qatnashganidan so'ng, keyingi mavsumda beshta yangi jamoa musobaqa uchun ro'yxatdan o'tdi va Islandiya ayollar ligasi Islandiya ayollar futbol kubogi turniriga qo'shib yuborildi. 2022-yil 24-fevralda Islandiya ayollar ligasi Besta deild kvenna brend nomini qabul qildi.

Chempionlar



Islandiya ayollar ligasining barcha mavsum chempionlari ro'yxati:

 

Chempion jamoalar reytingi




O'yinchilar



Yilning eng yaxshi futbolchilari




Manba :

Islandiya ayollar futbolining barcha davrlardagi eng yaxshi to'purarlari




Manba : KSI sayti

Mavsumning eng yaxshi to'purarlari




Yana qarang




Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz