Islambek Kuat




Islambek Yerzhanuly Kuat (talaffuzi: Islambek Yerjanuli Kuat) (1993-yil 12-yanvarda tugʻilgan) — qozogʻistonlik futbolchi, „Astana“ va Qozogʻiston terma jamoasida oʻynaydi. Kuat Qozogʻiston termasidagi ilk golini 2015-yilning 10-oktyabr kuni UEFA Yevro-2016 saralashida Gollandiyaga qarshi oʻyinda (2:1) kiritgan.

Faoliyati



Klub



2019-yilning 30-dekabr kuni "Qayrat" klubi Kuatning shartnoma muddati tugagach, klubdan ketishini tasdiqlagan. 2020-yil 1-yanvar kuni Rossiya Premyer-ligasi klubi „Orenburg“ Kuat bilan shartnoma imzolaganini eʼlon qilgan. Kuat Rossiya jamoasi safida oʻzini yorqin oʻyinlarnini namoyish eta olmagan, shu sababdan 2020-yil 30-iyulda uning Orenburg futbolchi bilan shartnomasi oʻzaro kelishuvga koʻra bekor qilinganligin eʼlon qilgan.

2020-yil 11-sentyabrda u Rossiya Premer-ligasining "Khimki " klubiga oʻtgan. 2021-yilning 13-martida uning „Khimki“ bilan shartnomasi oʻzaro kelishuvga koʻra bekor qilingan.

2021-yilning 16-martida „Astana“ klubi Kuat 2010—2014-yillardagi oʻyinlari tufayli u bilan qayta shartnoma imzolaganini eʼlon qilgan.

Xalqaro faoliyati



Kuat Qozogʻiston terma jamosi safida Turkiyada boʻlib oʻtagn Latviyaga qarshi oʻyinda raqib darvozasiga urgan goli evaziga juda mashhur boʻlgan. Bu gol turk jamoasiga UEFA Yevro-2016 saralashida toʻgʻridan-toʻgʻri eng yaxshi uchinchi oʻrinni egallagan jamoa sifatida tanlanish imkonini bergan. Hatto Istanbuldagi koʻchalardan biriga Kuat sharafiga nom berish taklif qilingan, ijtimoiy tarmoqlarda bir nechta muxlislar oʻz farzandlariga yarim himoyachi sharafiga Kuat ismini qoʻyishga vaʼda berishgan. 17-oktyabr kuni „Qayrat“ning „Atirau“ga qarshi oʻyinida oʻnlab turkiyalik muxlislar unga sovgʻalar va guldasta olib kelishgan va tanaffusda shaxsan unga minnatdorchilik bildirishgan.

Faoliyat statistikasi



Klub




Xalqaro




Xalqaro maydondagi gollari

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz