Isla Fisher




Isla Lang Fisher (talaffuzi: Ayla Lang Fisher; 1976-yil 3-fevralda tugʻilgan) — avstraliyalik aktrisa va yozuvchi. Oʻmonda shotlandiyalik migrantlar oilasida tugʻilgan, olti yoshida Avstraliyaga koʻchib oʻtgan va u yerda televideniye reklamalarida qatnasha boshlagan. Fisher 1994—1997-yillarda Avstraliyaning "Uyda va uzoqda " serialidagi Shennon Rid obrazi tufayli xalqqa tanilgan va bu roli uchun ikki marta Logie mukofotiga nomzod boʻldi.

Televideniye va sahnadagi turli chiqishlardan soʻng, Fisher 2002-yilda „Skubi-Du“ filmida Meri Jeyn obrazi orqali Hollywoodga tanildi. Shundan soʻng birin-ketin „Toʻy halokati“ (2005), „Shopaholic“ (2009), "Bachelorette" (2012), "The Great Gatsby", (2013) va "Tungi hayvonlar" (2016) filmlarida suratga tushdi. Shuningdek, "Xorton kimni eshitadi!" (2008), "Rango" (2011) va "Qoʻriqchilarning yuksalishi" (2012) kabi multifilmlarda turli qahramonlargaz ovoz berdi.

Filmlardan tashqari Fisher „Hibsga olingan taraqqiyot“ serialining toʻrtinchi va beshinchi fasllarida (2013, 2018-19) suratga tushgan va hozirda "Menga oʻxshagan boʻri " serialida Meri rolini oʻynamoqda (2022-yildan hozirgi kungacha). Bundan tashqari Fisher 2 ta roman hamda „Marge in Charge“ kitobi muallifi.

Yoshligi



Fisher Oʻmon sultonligining Maskat shahrida tugʻilgan, Onasi — Elspeth Reid, otasi — Brayan Fisher. Uning otasi Oʻmonda Birlashgan Millatlar Tashkiloti boʻlimida bankir boʻlib ishlagan. Fisher va uning oilasi Shotlandiyaning Bathgeyt shahriga qaytgan va Isla olti yoshga toʻlganda Gʻarbiy Avstraliyaning Pert shahriga koʻchib oʻtgan. Uning toʻrt aka-ukalari bor. Hozirda uning onasi va aka-ukalari Afinada (Gretsiya), otasi esa Germaniyaning Frankfurt shahrida yashaydi. Fisher Swanbourne boshlangʻich maktabida va Pertdagi Metodist ayollar kollejida oʻqigan. U bolaligida maktab spektakllarida bosh rollarni ijro etgan. 21 yoshida u Parijdagi L'École Internationale de The Theatre Jacques Lecoqga oʻqishga kiradi va u yerda masxarabozlik, mim, musiqali teatr va komediya boʻyicha tahsil oldi.

Shaxsiy hayoti



Oilasi



Fisher birinchi marta ingliz komediyachisi va aktyori Sacha Baron Koen bilan 2001-yilda Sidneydagi bazmda tanishgan. Ular 2004-yilda unashtirilgan va 2010-yil 15-martda Fransiyaning Parij shahrida yahudiylar taomili boʻyicha turmush qurishgan. Ularning 2007, 2010 va 2015-yillarda tugʻilgan uchta farzandi bor. Oila AQSh va Londonda yashagan.

Dini



Baron Koenga uylanishdan oldin Fisher yahudiylikni qabul qilgan. Fisherning oʻzi: „Men Sacha bilan birga boʻlish uchun yahudiylarning dinini ham qabul qilishga tayyorman. Bizning kelajagimiz faqat birga boʻlsakkina boʻlishi mumkin, din biz uchun sevgidan keyin ikkinchi oʻrinda turadi“. U 2007-yilda yahudiylik taʼlimoti boʻyicha tahsil olib boʻlgach, dinni qabul qildi va ibroniycha Ayala ismini oldi (איילה).

Xayriyalari



2014 va 2015-yillarda Fisher oʻzining dastxati tushirilgan poyabzallarini Small Steps Project Celebrity Shoe Auction uchun sovgʻa qildi. 2015-yil dekabr oyida Fisher va uning turmush oʻrtogʻi Baron Koen Suriya shimolidagi bolalarni qizamiqqa qarshi emlash dasturi doirasida Save the Children tashkilotiga 335 000 funt sterling (500 000 AQSH dollari) xayriya qildilar va yana xuddi shuncha mablagʻniXalqaro Qutqaruv Qoʻmitasiga suriyalik qochoqlarga yordam berish uchun ehson qilgan.

Filmografiyasi



Filmlardagi roli




Seriallardagi roli




Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz