Iskavot
Iskavot (ruscha: Исковат) — Oʻzbekiston Respublikasi Namangan viloyati Yangiqoʻrgʻon tumaniga qarashli shaharcha. 2009-yilda shaharcha maqomi berilgan.
Yangiqo'rg'on tumanidagi ko'hna qishloq. Tuman markazidan 15 km masofada joylashgan. Yaqin temir yo'l bekati (Chortoq) - 32 km. Shimolda Yalong'och, janubda Buloqboshi qishloqlari bilan chegaradosh. Manbalarga ko'ra qishloq XVI asr o'rtalarida tashkil topgan. Iskovot - "Eski obod" atamasining buzilgan shaklidir. Dengiz sathidan 810 metr balandlikda, qishloq shimoldan janubga 12-13 km, sharqdan g'arbga 8-10 km masofaga cho'zilgan. Aholisi 8490 kishi(2010- yil), o'zbeklar, qirg'izlar, tojiklar, tatarlar, ruslar yashaydi. Dehqonchilik, bog'dorchilik bilan shug'ullanadi. Podshootasoydan suv ichadi.
Manbalar
Abdulla Jabbor, "Namangan viloyati", 2011.
uz.wikipedia.org