Iskandar Pala




Iskandar Pala (t. 8-iyun 1958-yil, Ushaq) turk professori, yozuvchi va devon adabiyoti tadqiqotchisi, Turkiya jumhuriyati prezidenti huzuridagi Madaniyat va sanʼat siyosati qoʻmitasi raisi.

Hayoti



Iskandar Pala boshlangʻich taʼlimni Ushaq jumhuriyat boshlangʻich maktabida tamomladi. Keyin Kutahya litseyi va Kutahya Imom-xatib litseyini bitirdi. Istanbul universiteti Adabiyot fakulteti Turk tili va adabiyoti boʻlimiga oʻqishga qabul qilindi. U bakalavr bitiruv malakaviy ishini „Jamiun-Nezair“ mavzusida yozdi. Doktorlik ilmiy darajasini olish uchun ayni universitetda „Ishqi, hayoti, adabiy kishiligi va devoni“ mavzusida ilmiy ish yoqladi. U 1983-yilda Devon adabiyoti yoʻnalishida doktor, 1993-yilda Istanbul universitetida dotsent, 1998-yilda Madaniyatida universitetida professor darajasini oldi. Devon adabiyoti sohasidagi tadqiqotlari bilan nazarga tushgan yozuvchining ensiklopediya va jurnallarda adabiyot taqdiqotchisi sifatida ilmiy va adabiy maqolalari chop etib kelinmoqda. Uning oʻrta maktab va litseylar uchun yozgan darsliklari ham mavjud. Shuning bilan birga, u Usmoniylar imperiyasi dengiz tarixi bilan bogʻliq tadqiqot ishlari olib bormoqda va ularning bir qismini kitob shaklida nashrdan chiqartirgan.

Yozuvchi taʼlim hayotini Peyami Safo asarlarini oʻqish bilan boshlaganini taʼkidlaydi. Shu jumladan, uning ilk oʻqigan kitoblari „9-Hariciye koğuşu“ va „Yalnızız“ ekanligini aytadi. Keyinchalik Umar Sayfiddin, Refiq Xalid, Reshat Ekrem asarlarini oʻqigan. Usmoniylar tarixi va adabiyoti bilan esa Erzurum va Istanbul universitetlarida oʻqigan yillarida tanishgan.

U bir qator teledasturlar tayyorlab, taqdim etgan. Ular: Divanche (TRT2), Shairane (TRT, Hilmi Yavuz bilan hamkorlikda), Incir chekirdegi (Xaluk Dursurn bilan hamkorlikda), Uch nokta (Haber Turk TV, Nihal Bengisu Karaja va Koral Chalishkan bilan hamkorlikda), Oʻnje soʻz vardi (NTV Ahmet Umit va Mario Levi bilan hamkorlikda), Ayine-i Devran (Diyanet TV), Berjeste (TRT2). Uning 1998-2015 yillar mobaynida „Zaman“ gazetasida haftalik „Madaniyat-sanʼat“ maqolalari chop etilgan.

Muntazam ravishda Altunizade va Tarik Zafer Tunaya madaniyat markazlarida „Devon sheʼriyati soati“ nomli tadbir va kitobxonlik kunlari tashkil qilib kelmoqda. U Ushaq universitetida professor-oʻqituvchi boʻlib ishlagan, 2016-yilning yanvaridan 2018-yil iyuligacha Turkiya jumhuriyati bosh vazirining Madaniyat va sanʼat sohalari boʻyicha bosh maslahatchisi boʻlib faoliyat olib borgan.

Shaxsiy hayoti



Iskender Pala oilali. Uning Alperen Ahmet ismli oʻgʻli, Hilye Banu va Elif Dilasa ismli ikki qizi bor.

Mehnat faoliyati




Mukofotlari




Asarlari




Tanqidlar



Azad Agʻaoʻgʻlu tomonidan Bokuda chop etiladigan Turk dunyosi madaniyati jurnali Yomda Iskandar Palaning devon adabiyotidagi mahoratini tanqid qiluvchi „Mumtoz turk sheʼriyati qayerga ketmoqda?“ nomli maqola chop etilgan.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz