Iskandar Munshiy




Iskandar Munshiy , Iskandarbek Turkman (1561/62 — 1634) — tarixchi, Eron shohi Abbos I ning munshiysi. Oliy devonda xizmat qilguniga qadar moliyaviy ishlar boʻyicha kichik amaldor, soʻngra devoni inshoda xizmat qilgan; 1587 yil boshida harbiy xizmatga lashkarnavis sifatida qabul qilingan va Abbos I ning harbiy yurishlarida qatnashgan. 1592/93 yildan vafot etguniga qadar shohning shaxsiy kotibi boʻlib xizmat qilgan. I. M.ning "Tarixi olam oroyi Abbosiy" ("Abbosiyning jahon ziynati tarixi", 1616—taxminan 1630) asari safaviylarnit Abbos I davridagi tarixining asosiy manbasi hisoblanadi. Unda Ozarbayjon tarixi, Abbos I ning harbiy islohotlari, safaviylar qoʻl ostidagi mamlakatlar (Gruziya, Kurdiston, Shirvon)dagi xalq harakatlari, shuningdek, Movarounnahrning 16-asr oxiridagi siyosiy ahvoli, Xorazm bilan Eron oʻrtasidagi siyosiy aloqalar va b. haqida muhim maʼlumotlar bor.

Manbalar




uz.wikipedia.org

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz