Iskabtoparlar
Iskabtoparlar (Phlebotomidae) - qon soʻruvchi ikki qanotlilarning kenja oilasi. Tanasining uz. 1,3—3,5 mm; mayda tuklar bilan qoplangan; sargʻish, ayrimlari kulrang; koʻzlari yirik, qora; 16 boʻgʻimli uzun moʻylovlari va tuklari aniq koʻrinadi. Hartumi yirik, sanchib soʻruvchi tipda, urgʻochisi qon bilan oziklanadi; erkagi, asosan, oʻsimlik shirasini soʻradi. Qanotlari oʻtkir burchakli, oval yoki choʻziq oval. Oyoqlari uzun, bir oz ingichka. Erkagi ombursimon qoʻshilish organining tu-zilishi sistematik ahamiyatga ega. I. issiq oʻlkalarda keng tarqalgan. 300 ga yaqin turi aniqlangan. Oʻzbekistonda 17 turi maʼlum. Phlebotomus papatasii, Ph. sergenti, Ph. caucasis va b. tarqalgan. I. choʻl, qirlar, daryo vodiylari, molxona va xonadonlarda yashirin hayot kechiradi; tuxumini tuproqqa qoʻyadi. I. tabiatda yovvoyi sut emizuvchilar va qushlar uyasida, gʻorlarda, toshlar yorigʻida, qad. qoʻrgʻon harobalarida, molxonalar va b. pana joylarda koʻpayadi. Oʻzbekistonda bir yilda 2 boʻgʻini (qishlovchi va yozgi) rivojlanadi. I.ning Ph. papatasii turi qoramol, echki, it va b. yovvoyi sut emizuvchilar, kaltakesaklar va odamning qonini soʻrib, pappatachi isitmasi, qoʻtir, leyshmanioz va b. kasalliklarni qoʻzgʻatuvchi organizmlarni tarqatadi.
Manbalar
uz.wikipedia.org
Sun'iy intellekt javobi:
Iskabtoparlar — bu o‘zbek tilida ishlatiladigan atama bo‘lib, odatda "iskabtoparlar" so‘zi odamlar orasida biror nojo‘ya, noqonuniy yoki noto‘g‘ri faoliyat bilan shug‘ullanadiganlarni ifodalash uchun ishlatiladi. Bunday odamlar ko‘pincha boshqalarni aldaydi, firibgarlik yoki boshqa noqonuniy harakatlarni amalga oshiradi.
Iskabtopar so‘zining asl ma’nosi va kelib chiqishi haqida aniq ma’lumotlar kam bo‘lsa-da, u ijtimoiy hayotda salbiy ma’noda qo‘llaniladi. Misol uchun, ba’zi hududlarda bu so‘z noxush ko‘rinishga ega bo‘lgan kishilarni ta'riflash uchun ishlatiladi.
Agar sizning so‘rangiz ma'nosi yoki konteksti bilan bog‘liq bo‘lsa, iltimos, aniqlik kiritsangiz, batafsilroq ma'lumot berishim mumkin.
Qo‘shimcha sifatida, iskbtoparlar haqida an’anaviy yoki zamonaviy madaniyatdagi o‘rni, ijtimoiy ko‘rinishi yoki tarixiy konteksti haqida ham so‘rashingiz mumkin.