Ishqalash




Ishqalash , ishqalab moslash — asosan, juft boʻlib ishlaydigan detallarni bir-biriga moslash, ularga mexanik ishlov berish. Oʻlchamiga yetka-zish va bir-biriga ishqalash stanoklarida ishqalagich asbob yordamida yoki ikkala detal (mas, klapan va klapan egari) ni abraziv material yordamida ishqalab amalga oshiriladi. Bunda tashki silindrik yuzalarga halqa koʻrini-shidagi ishqalagichlar bilan, teshiklarga oʻlchami oʻzgaradigan silindrlar koʻrinishidagi ishqalagichlar bilan, yasen yuzalarga disksimon ishqalagichlar bilan, tishli gʻildiraklarga tishlari tishli gʻildirak koʻrinishidagi ishqa-lagichlar bilan ishlov beriladi. Ishkalagichlar choʻyan, pulat, mis, jez va boshqa materiallardan tayyorlanib, ular ishlov beriladigan detallar materiallaridan yumshoqboʻladi. I. mashinasozlik, samolyotsozlik, avtomobilsozlik va boshqada keng qoʻllanadi.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz