ISHQALASH, ishqalab moslash — asosan, juft bo’lib ishlaydigan detallarni bir-biriga moslash, ularga mexanik ishlov berish. O’lchamiga yetkazish va bir-biriga ishqalash stanoklarida ishqalagich asbob yordamida yoki ikkala detal (masalan, klapan va klapan egari) ni abraziv material yordamida ishqalab amalga oshiriladi. Bunda tashki tsilindrik yuzalarga halqa ko’rinishidagi ishqalagichlar bilan, teshiklarga o’lchami o’zgaradigan tsilindrlar ko’rinishidagi ishqalagichlar bilan, yasen yuzalarga disksimon ishqalagichlar bilan, tishli g’ildiraklarga tishlari tishli g’ildirak ko’rinishidagi ishqalagichlar bilan ishlov beriladi. Ishqalagichlar cho’yan, pulat, mis, jez va boshqa materiallardan tayyorlanib, ular ishlov beriladigan detallar materiallaridan yumshoq bo’ladi. Ishqalash mashinasozlik, samolyotsozlik, avtomobilsozlik va boshqalarda keng qo’llanadi.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish