Ishq savdosi
„Ishq savdosi“ , toʻliq nomi
„Saylanma. Birinchi jild. Ishq savdosi“ — oʻzbek shoiri Erkin Vohidov qalamiga mansub sheʼriy toʻplam. Yana uch kitob — „Sheʼr dunyosi“, „Umrim daryosi“ hamda „Koʻngil nidosi“ asarlaridan iborat „Saylanma“ toʻrt jildli sheʼriy toʻplamining birinchi jildi. 2000-yil Toshkent shahrida „Sharq“ nashriyot matbaa-konserni bosh tahririyatida chop etilgan. Toʻplamga „oʻsmirlik, yoshlik asarlari, yaʼni muallif 1950-, 1960- hamda 1970-yillarda yozgan sheʼrlar, jumladan, „Oltin devor“ pyesasi kiritilgan. Asar boshida Ibrohim Gʻafurov yozgan soʻzboshi keltirilgan.
Yana qarang
Havolalar
uz.wikipedia.org