Isʼhoq an-Nasaviy
(Abu Yaʼqub) Isʼhoq ibn Saʼd ibn al-Hasan ibn Sufyon an-Nasaviy (hijriy 293-yil ramazon oyida (milodiy 906-yil) tug‘ilgan, 374-hijriy yil (milodiy 985-yil) Nasoda vafot etgan) al-Hasan ibn Sufyonning nabirasi. Ishonchli roviy bo‘lgan. Xuroson va Iroqda hadis rivoyat qilgan. Undan (yaʼni, u rivoyat qilgan hadislardan) Abul Hasanad-Doraqutniy tanlab olgan hadislarni odamlar yozib olganlar. U 371-hijriy yilda Bag‘dodda hadis rivoyat qilgan. Bobosi al-Hasan va boshqalardan hadis rivoyat qilgan. U ulamolardan, ulamolar ham undan hadis rivoyat qilganlar.
Manbalar
uz.wikipedia.org