Ishonch (gazeta)
Ishonch — Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi davriy nashri. Gazeta 1991-yil 21-mart kuni ilk bor nashr etilgan. 2018-yildan buyon barcha sahifalari rangli chop etib kelinmoqda. Birinchi muharriri — Toʻlqin Qozoqboyev. Ishonch 2019-yil 3-may „Oltin qalam“ milliy mukofoti matbuot yoʻnalishi gʻolibi. 2023-yil hisobida gazetaning 31576 nafar pullik obunachilari mavjud.
Gazeta mamlakatning ijtimoiy-siyosiy, madaniy va maʼrifiy hayotini yoritib boradi. Ishonch 2018-yilda Oʻzbekiston Milliy Kutubxonasi matbuot xizmati maʼlumotiga ko‘ra Oʻzbekistonda eng koʻp oʻqiladigan gazetalar 5 taligidan joy olgan. Shuningdek, shu kunga qadar gazetada chop etilgan tanqidiy maqolalar sababli koʻplab muommolarga yechim topilgan.
Nashrlari
„Ishonch“ va „Ishonch-Doverie“ gazetalari tahririyat jamoasi 2018-yildan buyon oʻziga xos yillik ijodiy sarhisobi sifatida toʻplamlar chop ettirib kelmoqda. Jumladan, „Bir yilga bir nazar“ (2018), „Ishonch“ aytadiki…“ (2019), „2020-millatni ulgʻaytirgan yil“ (2020), „2021 fakt va dalillar, mulohaza va munozara, tanqid va tahlil, talqin va xulosalar…“(2021) va „Nigoh“ (2022) kabi toʻplamlar. Ularda 1 yil davomida gazeta sahifalarida nomoyon boʻlgan ijodiy, ijtimoiy-siyosiy, tanqidiy, madaniy va maʼrifiy maqolalarning eng saralari nashr etilgan. Shuningdek, tahririyat tomonidan chop etilgan „Biz hayotdan rozimiz“ (2021) toʻplamida davlat rahbari tashabbusi bilan tashkil etilgan „Ayollar daftari“ sababli hayotlari ijobiy tomongga oʻzgargan ayollarning minnatdorilik maktublari, „Mening Prizedentim“ (2022) toʻplamida Oʻzbekiston yoshlarining Prizedent Shavkat Mirziyoyev rahbarligida mamlakatda amalga oshirilayotgan hayotbaxsh oʻzgarishlarga munosabati boʻlgan insholari, „Bir soʻz…“ (2021) toʻplamida esa gazeta xodimlarining ijod namunalari jamlangan.
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org