Ishni sirtdan koʻrish




Ishni sirtdan koʻrish  – 1) jinoiy sud ishlarini yuritishda sudning ishni sudlanuvchi ishtirokisiz koʻrishi . Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat Protsessual kodeksining 410-moddasiga asosan, birinchi instantsiya sudining majlisida jinoyat ishi sudlanuvchining ishtirokida muhokama qilinadi shu munosabat bilan sudlanuvchining sudga kelishi muhim ahamiyat kasb etadi. Sudlanuvchi sud majlisiga kelmasa, ishni muhokama qilish keyinga qoldirilishi lozim deb belgilanadi, Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat protsessual kodeksining 410-moddasining uchunchi qismida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno hisoblanadi . Sudga kelmagan sudlanuvchini sud majburiy keltirishga, shu jumladan unga nisbatan ehtiyot chorasini qoʻllashga yoki ehtiyot chorasini oʻzgartirishga haqliligi qonunan asosga ega. Ishning sudlanuvchi ishtirokisiz muhokama qilinishiga sudlanuvchi OʻzR hududidan tashqarida boʻlgan va sudga kelishdan boʻyin tovlagan, uning yoʻqligi ish boʻyicha haqiqatni aniqlashga monelik qilmagan taqdirdagina yohud u Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat protsessual kodeksining 272-moddasida nazarda tutilgan holda sud majlisi zalidan chiqarib yuborilgan boʻlsa, yoʻl qoʻyilishi mumkin deb belgilanadi;

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz