Ishlab chiqaruvchi kuchlar
Ishlab chiqaruvchi kuchlar , unum beruvchi kuchlar — ijtimoiy ishlab chiqarishda band boʻlgan i.ch. vositalari va kishilar majmui; ijtimoiy i.ch. jarayonida inson bilan tabiat oʻrtasidagi "modda almashuvi"ni amalga oshiradigan subyektiv (odam) va ashyoviy unsurlar tizimi. I.ch.k. insonning tabiatga foal munosabatini ifoda etadi va bu munosabat mazmunini tabiat boyliklarini moddiy va maʼnaviy oʻzlashtirish hamda rivojlantirish tashkil etadi. Oʻzlashtirish davomida insonning tirikchilik, hayot sharoitlari — moddiy boyliklar yara-tiladi, ayni paytda uning oʻzi ham kamol topib, rivojlanib boradi. I.ch.k. ning moddiy unsurlari ishlab chiqarish vositalari va isteʼmol vositalaridan iborat. I.ch. vositalari insonning tabiatga taʼsir koʻrsatishiga xizmat qiladigan mehnat vositalari va inson mehnati yoʻnaltirilgan mehnat pred-metlardan iborat. Mehnat vositalarining eng muhim va takom illashadigan, tez oʻzgaradigan tarkibiy qismi — mehnat qurollari (mashinalar, mexanizmlar, asboblar va b.) hisoblanadi. Shu sababli I.ch.k. oʻzgarishi mehnat qurollarining oʻzgarishidan boshlanadi. I.ch. binolari, yoʻllar, kanallar, energetika tarmogʻi, aloqa vositalari, quvur transporta, turli sigʻimli sisternalar va b. ham mehnat vositalariga kiradi. Mehnat vositalari va ayniqsa mehnat qurollari ish kuchi rivojlanishining mezoni, muayyan darajada mehnat amalga oshadigan munosabatlar koʻrsatkichi hisoblanadi, jamiyatning unum beradigan boyligini hosil qiladi.
Bu jarayonda fan bevosita I.ch.k. ga aylanadi (19-asr dan boshlab i.ch. bilan fanning qoʻshilishi dastlab murakkab i.ch. vositalarini, mashina texnikasini yaratdi; 20-asr ning 2-yarmida i.ch.ni avtomatlashtirish, EHM va kompyuter texnikasini ommaviy qoʻllash va b.).
I.ch.k. ning rivojlanishiga geografik muhit, aholining zichligi va koʻpayishi, inson ehtiyojlarining oʻsib borishi, ilmfan taraqqiyoti kabi koʻpgina omillar taʼsir qiladi. Hoz.fan-texnika taraqqiyoti davrida fan ham bevosita I.ch.k. ga aylanib bormoqda. Bularning barchasi pirovard natijada I.ch.k. taraqqiyoti, tarixiy jara-yonning asosiy omili boʻlgan mehnat unumdorligi oʻsishini taʼminlaydi.
Har bir mamlakatda I.ch.k. rivojlantirish va uni mintaqalar boʻyicha oqilona joylashtirish katta ahamiyatga ega. Ayrim mamlakatlarda mamlakat I.ch.k. ni rivojlantirish va joylashtirish bosh sxemalarini ishlab chiqadigan, mamlakat tabiiy resurslari va I. ch.k. ni kompleks oʻrganadigan maxsus Kengashlar ishlaydi. Gʻarbdagi ayrim iqtisodiy nazariya maktablari I.ch.k. tushunchasi oʻrniga ishlab chiqarish omillari tushunchasini qoʻllaydi.
Sherqul Shodmonov.
Manbalar
uz.wikipedia.org
Sun'iy intellekt javobi:
Ishlab chiqaruvchi kuchlar — iqtisodiyotda ishlab chiqarish jarayonini tashkil etuvchi asosiy omillar va resurslar majmuasidir. Ular jamiyatda mahsulot va xizmatlarni yaratish uchun zarur bo‘lgan barcha moddiy va insoniy omillarni o‘z ichiga oladi. Ishlab chiqaruvchi kuchlar iqtisodiy rivojlanish, ishlab chiqarish samaradorligi va jamiyat farovonligi uchun muhim ahamiyatga ega.
Ishlab chiqaruvchi kuchlarning asosiy tarkibiy qismlari:
-
Mehnat kuchi (mehnat resurslari)
Bu ishlab chiqarishda ishlaydigan insonlarning jismoniy va aqliy qobiliyatlarini o‘z ichiga oladi. Ular o‘z bilimlari, malakasi, tajribasi va mehnatiga ko‘ra ishlab chiqarishga ta’sir ko‘rsatadi. Mehnat kuchining sifat va miqdori iqtisodiy taraqqiyotda muhim rol o‘ynaydi.
-
Tabiat resurslari
Tabiatdan foydalaniladigan xom ashyo, energiya, yer, suv, minerallar kabi tabiiy omillar ishlab chiqaruvchi kuchlarning ajralmas qismidir. Tabiat resurslari ishlab chiqarish jarayonining boshlang‘ich elementi bo‘lib, ular transformatsiya qilib mahsulotga aylantiriladi.
-
Asbob-uskunalar va texnika (investitsiyalar)
Bu ishlab chiqarishda foydalaniladigan mashina va jihozlar, transport vositalari, ishlab chiqarish inshootlari kabi moddiy-texnik baza hisoblanadi. Ularning sifat va innovatsion darajasi ishlab chiqarish samaradorligini oshiradi.
-
Ilm-fan va texnologiya
Ilmiy va texnik yutuqlar, yangi texnologiyalar ishlab chiqarishni yanada samarali, arzon va sifatli qilish imkonini beradi. Innovatsiyalar ishlab chiqaruvchi kuchlarni kuchaytiruvchi asosiy omillardan biridir.
-
Ijtimoiy tuzilma va mehnat tashkiloti
Ishlashning tashkiliy shakllari, mehnat taqsimoti, boshqaruv tizimi, ishlab chiqarish jarayonining samarali tashkil etilishi ham ishlab chiqaruvchi kuchlarga ta’sir qiladi.
Ishlab chiqaruvchi kuchlarning iqtisodiy ahamiyati:
- Jamiyatning moddiy farovonligi va iqtisodiy rivojlanishini ta’minlaydi.
- Ishlab chiqarish hajmi va sifatining oshishiga yordam beradi.
- Iqtisodiyotni modernizatsiya qilish va texnologik yangilanish imkoniyatlarini yaratadi.
- Mehnat unumdorligini oshiradi va resurslardan samarali foydalanishga ko‘maklashadi.
Xulosa qilib aytganda, ishlab chiqaruvchi kuchlar jamiyatda iqtisodiy jarayonlarning asosini tashkil etadi va ularning rivojlanishi mamlakatning iqtisodiy barqarorligi va farovonligi uchun muhimdir.