Ishlab chiqarish tajribasi




Ishlab chiqarish tajribasi -tajriba xoʻjaliklari, shirkat va jamoa xoʻjaliklari dalalarida oʻtkaziladigan tajriba. Dala tajribasining u yoki bu agrotexnologik tadbir qoʻllanilganda eng yuqori samara olingan juda yaxshi variantlari asosida tashkil etiladi. Sinovlar muayyan zonaning iqlim-tuproq hamda tashkiliy-xoʻjalik sharoitlariga xos muhitda yangi texnologiya yoki agrotexnologik tadbirning samaradorligini tadqiq etish uchun oʻtkaziladi. Tajriba oʻtka-zish usuli mazkur xoʻjalikda qoʻllaniladigan barcha i.ch. jarayonlari bilan mu-vofiqlashtiriladi. Tajriba tuproq unumdorligi mazkur zona uchun eng xos, bir xil boʻlgan dalada oʻtkaziladi. Tajriba paykallarining kattaligi qishloq xoʻjaligi ma-shinalarida foydalanishga imkon beradigan, uzunligi tajriba oʻtkazilayo-tgan dalaning boʻyiga teng boʻlishi ke-rak. I.ch.t. ning sxemasi murakkab boʻlmasligi lozim: u 2—4 variantdan iborat boʻlib, 3—4 takroriylikda oʻtkazilishi kerak. Ekin turlari boʻyicha I.ch.t.da koʻchat qalinligi oʻsimlikning oʻsishi va rivojlanishi, hosil miqdori va uning tarkibi, oʻrganilayo-tgan agrotexnik tadbirlarning tuproq unumdorligiga taʼsiri hisobga olinadi, shuningdek, oʻrganilayotgan tadbirlar va xoʻjaliqda qoʻllaniladigan ishlov berish texnologiyasi qiyosiy baholanadi.

Manbalar




uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz