Ishigaki
Ishigaki (yaponcha: 石垣市 Ishigaki-shi?, Yaeyama: Isïgaksï, Ishanagzï) Yaponiyaning Okinawa prefekturasida joylashgan shahar. Ishigaki va Senkaku orollari hududlari Ishigaki shahri tarkibiga kiradi. Shahar Yaeyama orollarining siyosiy, maʼdaniy va iqtisodiy markazi hisoblanadi. Shaharda New Ishigaki Airport aeroporti faoliyat yuritadi. 2012-yil, dekabr holatida koʻra, shaharning taxminiy aholisi 48,816 kishini tashkil etadi va aholi zichligi 1 km ga 213 kishidan toʻgʻri keladi. Umumiy maydoni 229.00 km.
Tarixi
Hozirgi Ishigaki shahri 1908-yilda Ishigaki, Ohama va Miyara magirisi (Ryukyu qirolligining maʼmuriy boʻlinmasi) qoʻshilishidan Yaeyama qishlogʻi sifatida tashkil etilgan. 1914-yilda uning nomi Ishigaki qishlogʻi deb oʻzgartirilgan va 1926-yilda Ishigaki shahriga aylangan. Ishigaki 1947-yil 10-iyulda shahar maqomiga koʻtarilgan.
Tarixiy izoh: Yaponiyaga tashrif buyurgan birinchi fransuzlardan biri Guillaume Courtet 1636-yilda Ishigaki qirgʻogʻiga kelgan.
Geografiyasi
Ishigaki shahri butun Ishigaki orolini qamrab oladi (222 km (86 mi²)). Orol marjon riflari bilan oʻralgan. Ishigaki orolining eng baland nuqtasi – Omotodake (525.5 m (1,724 ft)) nuqtasi hisoblanadi.
Odam yashamaydigan Senkaku orollari Ishigaki orolidan 150 km (93 mi) shimolda joylashgan. Senkaku orollari taxminan 6.3 km (2.4 mi²) maydonni qamrab oladi.
Iqtisodiyoti
Ishigakida shakarqamish va ananas yetishtiriladi. Turizm ham shahar iqtisodiyotida muhim rol oʻynaydi.
Transporti
Shaharda New Ishigaki Airport aeroporti va Ishigaki porti faoliyat yuritadi.
Iqlimi
Ishigaki tropik oʻrmon iqlimiga ega (Köppen iqlim tasnifi Af). Yozi issiq va qishi iliq. Yil davomida yogʻingarchilik koʻp kuzatiladi. Eng yomgʻirli oylar avgust va sentyabr (tropik boʻron va tayfun tufayli), eng qurgʻoqchil oylar esa dekabr va iyul.
Diqqatga sazovor joylari
Ishigaki shahrida turli xil diqqatga sazovor joylar bor.
Manbalar
uz.wikipedia.org