Isgender Aznaurov
Isgender Aznaurov (ozarbayjoncha:
İsgəndər Söhrab oğlu Aznaurov ) (16-avgust 1956-yil, Buxoro viloyati, Oʻzbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasi, SSSR – 18-aprel 1993-yil, Gadabay tumani, Ozarbayjon) — Ozarbayjon milliy qahramoni, Birinchi togʻli Qorabogʻ urushi ishtirokchisi.
Hayoti
Isgender Aznaurov 1956-yil 16-avgustda Buxoro viloyatining Galaosiyo qishlog‘ida mesxeti turklar oilasida tugʻilgan. 1963-yildan 1973-yilgacha o'rta maktabda o'qidi. Ukrainaning Cherkessk shahrida harbiy xizmatni o‘tagan. 1978-yilda Toshkent irrigatsiya va melioratsiya institutiga o‘qishga qabul qilingan va uni 1983-yilda tamomlagan. O‘qishni tugatgach, Toshkent viloyatining Ohangaron tumanida ishlagan.
1989-yilda O‘zbekistondagi mesxeti turklari bilan O‘zbekistonning Farg‘ona vodiysidagi mahalliy o‘zbeklar o‘rtasida tartibsizliklar boshlanganidan so‘ng yuz minglab mesxeti turklar Oʻzbekistonni tark etdi. Aksariyati, ya’ni 70 mingga yaqini Ozarbayjonga ketgan. Aznaurovlar oilasi 1990-yilda Ozarbayjonga ko‘chib o‘tgan va Shamkir tumanidagi Kyur qishlog‘iga joylashgan.
Harbiy xizmati
Tog‘li Qorabog‘ mojarosi boshlanganda (1992-yilda) Aznaurov ko‘ngilli sifatida Ozarbayjon Qurolli kuchlari safiga qo‘shilgan. U armanlarning pozitsiyalariga jiddiy zarar yetkazgan va bir nechta o‘q-dori omborlarini yoʻq qilgan . 1993-yil yozidagi hujumlardan oldin Aznaurov armanlarning eng muhim qarorgohlarini qurol bilan vayron qildi. 1993-yil 18-aprelda Gadabay tumanining Orukdosh qishlog‘i atrofidagi jangda halok bo‘ldi.
Bokudagi Shahidlar xiyoboniga dafn etilgan.
Oilasi
Aznaurov uylangan va 3 ta farzandi boʻlgan.
Mukofotlari
Prezidentning 1995-yil 15-yanvardagi 262-son Farmoni bilan Aznaurov vafotidan keyin “Ozarbayjon Milliy Qahramoni” unvoni bilan taqdirlangan.
Xotirlash
Shamkir tumani Kyur qishlog‘idagi 1-umumta’lim maktabiga Isgender Aznaurov nomi berildi.
Manbalar
uz.wikipedia.org