Isfara




Isfara (tojikcha: Исфара, forscha: اسفره ) — Tojikiston Respublikasining Sugʻd viloyatidagi shahar (1952-yildan). Isfara tumanining maʼmuriy markazi. Isfara daryosi boʻyida, Turkiston tizmasi yon bagʻrida. Konibodom — Shoʻrob yoʻnalishidagi temir yoʻl stansiyasi. Aholisi 45 ming kishidan ziyod (2013-yil oʻrtalari).

Sanoati



Shaharda gidrometallurgiya, yorugʻlik texnikasi jihozlari, mineral boʻyoqlar zavodlari, meva, goʻsht konservasi, qurilish materiallari kombinatlari, tarix-oʻlkashunoslik muzeyi bor.

Tarixiy obidalari



Isfara 16-asrdan maʼlum. Isfara yaqinida Abdullaxon masjid namozgohi (16-asr), Qalʼai-Bolo oʻrta asr qalʼasining qoldiqlari, Chorsu qishlogʻida Hazrati Bobo maqbarasi (10—12-asrlar) saqlangan. 10-asr manbalarida faqat Isfara viloyati haqida maʼlumotlar uchraydi. 9—10-asrlarda Istaxrip shu viloyatdagi konlardan koʻmir qazib olinganligi va taxminan 180 kg koʻmir bir dirhamligini yozgan. Bobur davrida esa (16-asr) Isfara Fargʻona vodiysidagi 8 ta yirik shaharning biri sifatida qayd etilgan.

Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz