Isfahan viloyati
Isfahon ustoni (forscha: استان اصفهان), shuningdek, Esfaxon, Espaxon, Isfahon yoki Isfaxon sifatida transliteratsiya qilinadi. Isfaxon Eronning oʻttiz bir ostonidan biridir. Mamlakat markazida Eronning 2-mintaqasida joylashgan. Uning kotibiyati Isfaxon shahrida.
Geografiyasi
Isfahon ustoni taxminan 107 018 kvadrat kilometr maydonni egallaydi. U Eronning markazida va Tehrondan 435km. uzoqlikda bo`lib, Tehronning janubida joylashgan . Uning shimolida Qum va Semnan ustonlari mavjud. Bu shahar Eron markazidagi yarim choʻl mintaqasi va Erondan boshlanib, Isfahonning oʻrtalariga yetib boruvchi Zoyanderud daryosi sohilida joylashgan. Janubda u Fors, Kohgiluya va Boyer-Ahmad ustonlari bilan chegaradosh. Aminobod Isfaxon ustonining eng janubiy shahri hisoblanadi. Sharqdan Yazd viloyati bilan chegaradosh. Gʻarbda Luriston ustoni, janubi-gʻarbda Chahar Mahal va Baxtiyari ustonlari bilan chegaradosh.
Isfahon shahri uston markazi boʻlib, bu ustonning okruglari quyidagilardir: Aran va Bidgol, Ardeston, Borxar, Buin Miandasht, Chadegan, Dehaqon, Falavarjon, Faridan, Fereydunshahr, Golpayegan, Isfahon, Koshan, Xansar, Xomeyni Shahr, Xur, Biabanak, Lenjan, Mobarakeh, Nain, Najafobod, Natanz, Semirom, Shahin Shahr, Meymeh Shahreza, Tiran va Karvan okrugi; 18 posyolka, 25 okrug, 93 shahar va 2470 qishloqdan iborat.
2016-yilgi aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra, uston aholisi 5 120 850 kishini tashkil etgan. Bundan taxminan 88 foizi shahar aholisi va 12 foizi qishloq joylarida istiqomat qiladi. Isfahon Tehron va Mashhaddan keyingi Eronning aholisi eng koʻp boʻlgan uchinchi shahridir. 2006-yilda savodxonlik darajasi 88,65 foizni tashkil etgan. Uston iqlimi moʻtadil va quruq boʻlib, 40,6°Cgacha (105.08 °F) koʻtarilishi mumkin. Yillik oʻrtacha harorat 16,7°Cni tashkil etadi.Yillik yogʻingarchilik miqdori oʻrtacha 116,9 mm.
Balandligi 4040 metr boʻlgan Shahankuh togʻi Isfaxon viloyatining eng baland qismidir. Bu togʻ Isfaxon viloyatining gʻarbiy qismidagi Fereydunshahr shahridan taxminan 20 kilometr janubi-gʻarbda joylashgan.
Isfahon viloyatida 52 ta daryo oqib oʻtadi. Ular kichik va vaqtinchalik, 405 km uzoqlikdagi Zayanderud havzasi bundan mustasno.
Tarixi va madaniyati
Tarixchilar Espaxon, Sepaxon yoki Isfaxonni dastlab mudofaa va harbiy baza sifatida qayd etishgan. Qal’alar va istehkomlarning xavfsizligi va himoyasi, shu bilan bir qatorda yaqin atrofdagi aholining xavfsizligini taʼminlagan.Tarixiy saroylar Atashgoh, Saroyieh, Tabarok, Kohan Dej va Gard Dej edi. Ulardan eng qadimiysi Ghaleh Sefid. Tarixiy Abyaneh qishlogʻi diqqatga sazovor joy. Boshqa tarixiy yodgorliklar qatorida Sosoniylar xarobalari va zardushtiylik ibodatxonalari ham mavjud. Isfahondagi Naqshi Jahon maydoni eng katta maydonlardan biri boʻlib, Eron meʻmorchiligi va sanʻatining yorqin namunasidir. Bu tarixiy binolarning bir nechtasi UNESCO roʻyxatiga kiritilgan.
Isfahon juda chiroyli meʻmorchiligi, yopiq koʻpriklari, saroylar, masjidlar va noyob minoralari bilan mashhur.Bu Eron madaniyatida Isfahon "dunyoning yarmi" nomini olishiga sabab boʻlgan.
XVII—XVIII asrlarda Isfahon ustoni Safaviy Forsning poytaxti boʻlganligi sababli, oʻsha davrlarda ancha rivojlangan. Sepaxon (Isfaxon) shahri ularning qarorgohi boʻlsa, Koshan dam olish va hordiq chiqarish maskani edi.
Isfahonning mashhur milliy taomlariga Kachi, Kabob Golpayegan, Samanu Shahreza, Xansar, Yokhe noni va Semiromlar kiradi.
Galereya
Taʼlim
Davlat universitetlari
Iqtisodiyoti
Bu ustonda yiliga toʻqqiz tonna zaʼfaron yetishtiriladi.
Uston Erondagi eng yirik sut va sut mahsulotlari ishlab chiqaruvchi hudud hisoblanadi.
Manbalar
uz.wikipedia.org