ISAYEV ALEKSEY MIXAYLOVICH



ISAYEV ALEKSEY MIXAYLOVICH [1908.1 1.(24).10, Peterburg — 1971.25.6, Moskva] — rus konstruktori, aviatsiya va raketa dvigatellari mutaxassisi, Moskva konchilik institutini tugatgan (1932). Yirik qurilish va loyihalash tashkilotlarida, aviasiya sanoatida ishlagan, 1944 yildan konstruktorlik byurosining bosh konstruktori. Isayev suyuqlikli raketa dvigateli o’rnatilgan birinchi rus samolyotini yaratishda qatnashgan, raketa dvigatellari ishlab chiqish bilan shugullangan. Isayev raxbarligida raketalar va kosmik texnika uchun dvigatellar yaratildi. “Vostok”, “Vosxod”, “Soyuz” va boshqa kosmik kemalarga shunday dvigatellar o’rnatilgan.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz