Isaxon Bahramov
Isaxon Bahramov (1954-yil 10-iyun, Surxondaryo viloyati, Angor tumani) — Oʻzbekiston qahramoni, „Mehnat shuhrati“ ordeni sohibi. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsagan paxtakor, „Saidnosirxon“ fermer xoʻjaligi rahbari.
Tarjimai holi
Isaxon Bahramov 1954-yil 10-iyunda Surxondaryo viloyatining Angor tumanida tavallud topgan. 1955-yildan boshlab fermerlik bilan shugʻullana boshlagan. 1980-yilda makkajoʻxorichilik yoshlar brigadasiga boshliq etib tayinlangan. Isaxon Bahramov rahbarligidagi „Saidnosirxon“ fermer xoʻjaligi tomonidan Angor tumanidagi 9-umumtaʼlim maktabi otaliqqa olingan va har bir sinfning 3 nafar iqtidorli oʻquvchilari uchun stipendiya belgilangan. „Guliston“ MFYdagi 2 km yoʻlga Bahramov oʻz hisobidan tosh va asfalt yotqizim, aholiga qulaylik yaratgan.
Isaxon Bahramov 2022-yil 23-iyul kuni Surxondaryo viloyatida Konstitutsiyaviy islohotlar yoshlar nigohida mavzusi boʻyicha oʻtkazilgan uchrashuvda ishtirok etgan.
Mukofotlari
Manbalar
Adabiyotlar
Muhammad Ali, Rahmon Qoʻchqor va boshqalar. Oʻzbekiston qahramonlari. Toshkent: Adabiyot, 2021 — 216 bet. 11-avgust 2023-yilda qaraldi.
uz.wikipedia.org