Isatay (tuman, Atirau viloyati)
Isatay tumani — Atirau viloyatining shimoli-gʻabbiy qismida joylashgan.
Umumuy maʼlumot
Tuman 1928-yili tashkil topgan. Hududii 14,7 ming km². Aholisi 24,3 ming kishi, aholining oʻrtacha zichligi 1 km²-ga 1,6 kishidan toʻgʻri keladi (2008). Tuman markazi — Aqqistau qishlogʻi. Gʻarbiy Qozogʻiston viloyatining Boʻkeyoʻrda tumani bilaan, gʻarbida Qurmangʻazi, shimolida Inder, sharqida Maxambet tumanlari bilan, janubida Kaspiy dengizi bilan chegaradosh.
Foydali qazilmalari
Asosiy foydali qazilmalari neft va gaz. Ularning asosiy qazib olinadigan joyi tumanning janubi-shbarqiy tarafida, Kaspiy dengizining yoqasiga yaqin joylashgan.
Qishloqlari va avtomabil yoʻllari
Eng yirik qishloqlari: Aqqistau, Aqtoʻgʻay, Janbay, Manash, Isatay, X.Yergʻaliev, Chapaev qishloqlari. Sanoati 1968-yili Martishi neft-gaz qazilmalarini qazib olish asosida neft zavodini barpo etish bilan bogʻliq rivojlandi. Bundan keyin foydalanishga Zaburune, oktabr, Rovnoe neft-gaz kon joylari berildi, uzunligi 85,6 km Atirau — Martishi neft quvuri ishga tushirildi. Tumanning janubiy tarafidan Atirau — Astraxan temir yoʻl va avtomobil yoʻli, Qigʻash — Atirau daryo suv quvuri oʻtadi.
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org