Isamat Ergashev




Isamat Isoqovich Ergashev (1945-yili 22-fevralda Chimkentda dunyoga kelgan) — oʻzbek kinorejissori, ssenariychi. 2000-yili Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi.

Tarjimai hol



Isamat Ergashev 1945-yil 22-fevralda Qozogʻistonning Chimkent shahrida tugʻilgan. Aktyor oilada eng katta farzand boʻlib, uning bir ukasi va bir singlisi boʻlgan.

U yoshligidan aktyorlikka qiziqqani bois, ota-onasining qarshiligiga qaramasdan, maktabni tamomlagach Toshkentga kelgan hamda, Toshket teatr va rassomchilik sanʼati oliygohida tahsil olgan. Bu maskanda oʻqish bilan birga, qilichbozlik sport turi bilan ham shugʻullangan. Institutni tamomlagach, Oʻzbek milliy akademik drama teatrida oʻz faoliyatini boshlagan. “Yosh gvardiya” tomoshabinlar davlat teatrida ham u turli rollar ijro etgan.

1972-yilga kelib aktyor teatrni butunlay tark etgan va oʻz faoliyatini kinoaktyor sifatida davom ettirgan.

Aktyorni xalqqa tanitgan roli bu "Mehrobdan chayon" filmidagi Anvar obrazi boʻlgan. Aynan shu roli bilan u nafaqat Oʻzbekistonda, balki Oʻrta Osiyodagi davlatlar orasida katta mashhurlikka erishgan. Isamat Ergashev oʻz faoliyati davomida bugungacha "Sevgi afsonasi“,”Yettinchi jin", "Begona bahor", "Osiy banda" va "Mergan militsiya" kabi 40 oshiq filmlarda ishtirok etgan. Bundan tashqari u rejissor sifatida "Temir xotin“, ”Sharif-Marif" va "Amir Temur" kabi 20 ga yaqin, bizga tanish filmlarni suratga olgan.

Filmografiyasi




Rejissorlik ishi




Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz