Isak Hansen-Aarøen




Isak Hansen-Aarøen (2004-yil 22-avgustda tugʻilgan) — norvegiyalik professional futbolchi, „Manchester United“ning yoshlar jamoalarida yarim himoyachi yoki hujumchi sifatida oʻynaydi.

Hansen-Aarøen 2020-yilda Manchester Unitedning yoshlar jamoasiga qoʻshilishdan oldin Norvegiyaning ikkinchi ligasida 15-yoshida Tromsoning asosiy jamoasida oʻynagan. U Norvegiya safida xalqaro oʻyinlarda qatnashgan boʻlib, U15, U16, U18 va U19 jamoalarida mamlakatini himoya qilgan.

Jamoalardagi faoliyati



Hansen-Aarøen oʻz faoliyatini Tromsoning yoshlar jamoasida boshlagan. Oʻn yoshida u Manchester Unitedning mashgʻulotlar oʻtkaziladigan maydonda boʻlib oʻtgan „Manchester United Soccer Schools World Skills“ finalida ishtirok etdi. 2019-yilda Hansen-Aarøen Norvegiya futbol federatsiyasi, TV 2 va Equinor’s Heroes of Tomorrow tashabbusi bilan oʻtkazilgan tanlovda 15 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar uchun yilning eng yaxshi isteʼdodi sovrinini qoʻlga kiritdi.

U Tromso safida 2020-yil 6-iyul kuni Norvegiya 1-divizion uchrashuvida Kongsvingerga qarshi kechgan, yakunda 2:0 hisobidagi gʻalaba bilan tugagan uchrashuvning soʻnggi daqiqalarida Kent-Are Antonsen oʻrniga maydonga tushib debyutini oʻtkazdi. U 15 yoshu 323 kunligida klub tarixidagi eng yosh futbolchiga aylandi.

2020-yilning avgustida u „Manchester United“ga oʻtdi. U avvalroq „Liverpul“ va „Everton“ bilan ham muzokara oʻtkazgan edi. 29-sentyabr kuni u „Yunayted“ning U21 jamoasida „Rochdeyl“ga qarshi EFL Trophy musobaqasida debyut qildi. 2-oktabr kuni u Premer-Liga 2da „Blekbern Rovers U23“ga qarshi uchrshuvda debyut qildi. 2021-yilning 27-avgustida u „Manchester United“ bilan ilk professional shartnomasini imzoladi.

Xalqaro uchrashuvlardagi karyerasi



Hansen-Aarøen Norvegiya terma jamoasi safida U15, U16, U18 va U19 jamoalarida oʻynagan. 2020-yilning 20-fevralida u U16 safida Slovakiyaga qarshi oʻyinda xet-trik qayd etdi.

Karyera statistikasi



match played 18 October 2022[15]

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz