Isabelle Chartrand




Isabelle Chartrand (talaffuzi: Izobel Chartrand; 1978-yil 20-aprelda tugʻilgan) — kanadalik isteʼfodagi xokkey himoyachisi. Xokkey boʻyicha Kanada milliy terma jamoasi aʼzosi sifatida 2002-yilgi Qishki Olimpiya oʻyinlarida Olimpiya oltin medali va 2001-yilda IIHF ayollar oʻrtasidagi jahon chempionatida oltin medalni qoʻlga kiritdi.

Faoliyati



Chartrand bolaligida ringet oʻynashni boshlagan, keyin xokkeyga oʻtgan. 16 yoshida Quebec jamoasi aʼzosi edi. 1995-yilgi Kanada qishki oʻyinlarida jamoasi bilan xokkey boʻyicha bronza medalni qoʻlga kiritdi. Toʻrt yil oʻtgach, Esso milliy chempionatida Quebec jamoasi bilan oltin medalga sazovor boʻldi 1998—1999- va 1999—2000-yillarda Milliy ayollar xokkey ligasi vakili Laval Le Mistral bilan ikki mavsum oʻynadi.

NCAA



2002-yilgi Olimpiada oldidan Chartrand New Yorkning Canton shahridagi St. Lawrence universitetida tahsil olgandi. ECAC xokkey konferensiyasida St.Lorens Saints ayollar xokkey dasturining aʼzosi sifatida Chartrand 2001-yil 15-yanvarda haftaning eng yaxshi yangi oʻyinchisi deb topildi. U St. Lawrence universitetidan Olimpiya oltin medaliga ega boʻlgan uchta sportchidan biri; qolganlari Ed Rimkus va Jina Kingsberi.

Xalqaro oʻyinlarda



Chartrand 2002-yilgi qishki Olimpiya oʻyinlarida qatnashgan. Chartrand jamoaning eng yosh aʼzolaridan biri edi. 2002-yilgi Qishki Olimpiya oʻyinlarida Kanada jamoasi bilan final oʻyinida ikkita gol va golli uzatmani amalga oshirdi, jamoa oltin medalni qoʻlga kiritdi.

Bundan oldiin Kanada jamoasi bilan 2001-yilda IIHF ayollar oʻrtasidagi jahon chempionatida oltin medal olgan. Shuningdek, Kanada ayollar milliy xokkey jamoasi aʼzosi Chartrand 2002-yilda FIRS Inline xokkey boʻyicha jahon chempionatida oltin medalni qoʻlga kiritgan.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz