Isaakiy sobori




Isaakiy sobori - Sankt-Peterburgdagi meʼmoriy yodgorlik. Shaharning bosh ibodatxonasi. Soʻnggi rus klassitsizmining yirik namunasi. Rus meʼmori (asli fransuz) A. A. Monferran loyihasi asosida qurilgan (1818— 58). Keyinchalik maxsus meʼmorlar (V. P. Stasov, A. A. Mixaylov) ishtirokidatakomiliga yetkazilgan. Umumiy tarhi — 111,5x67,6 m, gumbaz diametri 21,83 m. 4 tomonidan hashamatli 8 qoʻngʻiroqh<1p;| o i uralgan. Peshtoqburchaklariga haykallar, tokchalariga boʻrtma naqshlar ishlangan (haykaltaroshlar I. P. Vitali, A. V. Loganovskiy, P. K. Klodt va b.). Ichki xonalar koshin, rassomlik sanʼati asarlari bilan bezatilgan (rassomlar K. P. Bryullov, F. A. Bruni, P. V. Basin va b.). Yodgorlik shahar ansamblining muhim tarkibiy qismi. Avliyo Isaakiy Dalmatskiy nomi bilan atalgan. 1931 y.dan muzey.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz