Isaak Valdenberg




Isaak Yakovlevich Valdenberg (1906.11. 10, Ukraina - 1965. 3.4, Toshkent) — teatr rassomi, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1964). Kiyev rassomlik institutini tugatgan (1930). 1938 yildan Toshkentda. D. V. Ushakov bilan ijodiy hamkorlikda ishlab, Toshkent teatrlari uchun dekoratsiya va libos chizgilari yaratgan: Hamza teatrining "Otello" va "Yuliy Sezar" (1941, 1959) spektakllariga sahna bezaklari chizgilari, "Qonli sarob" (1964), "Sarvqomat dilbarim" (1964) spektakllari, Gorkiy nomidagi rus drama teatrining "Jorj Danden" (1957), "Hammom" (1957) spektakllariga dekoratsiya va libos chizgilari va b. V. ijodi teatr rassomligi rivojida dekoratsiya va liboslardagi naturalistik holatlarga barham berishda muhim rol oʻynadi.

Manbalar




uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz